
Xiaomi o‘zining yangilangan siyosati doirasida yuqori toifadagi smartfon va planshetlari uchun to‘rtta yirik Android yangilanishini taqdim etadi. Bu haqda Gizmochina xabar bermoqda.
Ro‘yxatga arzon Redmi Note 14 4G ham kiritilgan. Lekin qimmatroq Note 14 Pro va Note 14 Pro+ yangilanish rejalariga kirmagan.
Samsung va Google 7 ta, Realme 6 ta, Oppo va Motorola esa 5 ta yirik yangilanishni taklif qilayotganini inobatga olsak, Xiaomi bu kompaniyalardan hali biroz orqada.
Ro‘yxat:
Brend | Model |
---|---|
Xiaomi | Xiaomi 15 |
Xiaomi 15 Ultra | |
Xiaomi 14 | |
Xiaomi 14 Pro | |
Xiaomi 14 Ultra | |
Xiaomi 14T | |
Xiaomi 14T Pro | |
Xiaomi Mix Flip | |
Xiaomi Pad 7 | |
Xiaomi Pad 7 Pro | |
Poco | Poco F7 |
Poco F7 Pro | |
Poco F7 Ultra | |
Redmi | Redmi Note 14 4G |
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri eng yaxshi 5G smartfonlari haqida yozgan edi.