Yaqin orada yangilangan Chevrolet Cobalt avtomobili taqdim etiladi — video

5-sentabr 2025 11:55 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Chevrolet Cobalt
Chevrolet Cobalt / Foto: Lion Motors

UzAuto Motors tomonidan uzoq kutilgan yangilangan Chevrolet Cobalt avtomobili yaqin kunlarda taqdim etiladi. Bu haqda Chevrolet Uzbekistan ma’lum qildi.

Bu safar o‘zgarishlar, asosan, salon dizayni va jihozlarga taalluqli bo‘ladi. Avtomobil yangi asboblar paneli, sensorli MyLink multimedia tizimi, kruiz-kontrol va old o‘rindiqlar isitkichi bilan jihozlanadi.

Video: chevrolet

Autostrada nashrining qayd etishicha, yangilangan Cobalt’da Tracker 1 uslubidagi panel, dvigatel harorati ko‘rsatkichi, Apple CarPlay va Android Auto qo‘llovchi multimedia tizimi, ruldan boshqariladigan funksiyalar, kruiz-kontrol hamda old o‘rindiqlarni isitish imkoniyati mavjud bo‘lishi mumkin.


Yangilangan Chevrolet Cobaltning ichki qismi / Foto: Autostrada

Shartnomalar yaqin haftalarda ochilishi kutilmoqda. Dastlabki avtomobillar esa 2025-yil oxirigacha xaridorlarga yetkaziladi. Bu yangilanish modelning narxini oshirishi mumkin. Ayni paytda Chevrolet Cobalt’ning narxi 146,5 mln so‘mdan 155 mln so‘mgacha etib belgilangan. Yangilangan versiyaning narxi esa 165 million so‘m atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

UzAuto Motors IPO jarayonida Cobalt 2 bo‘yicha rejalarni tasdiqlagan, keyinchalik muddatlar bir necha bor surilgan. 2024-yilda esa Cobalt 2 kompaniyaning 2024 – 2026-yillar uchun investitsiya dasturiga kiritilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan yangilangan Chevrolet Cobalt 2025 sentabr oyida chiqishi mumkinligi haqida yozgan edi.

Yangilangan Chevrolet Cobalt avtomobili qachon taqdim etiladi / Video: Shopirlar telegram-kanali

Yangilangan model haqidagi Kursiv nashrining savollariga kompaniya quyidagicha javob bergan edi.

«Cobalt avtomobilining yangi modeli narxi, texnik xususiyatlari, dizayni va chiqarilish muddati haqidagi ma’lumotlar tijorat ma’lumoti hisoblanadi. Yangi modelga oid barcha yangiliklar kompaniyaning rasmiy axborot kanallarida e’lon qilinadi».

Shuningdek