2025-yilda abituriyentlarning oʻrtacha koʻrsatkichi 80,9 ballni tashkil etdi

eʼlon qilindi
Bu oʻtgan yilga nisbatan 2,9 ball yuqori
Foto: TDTU

2025-yilda Oʻzbekistonda maktab bitiruvchilarining oliy taʼlimga kirish imtihonlari boʻyicha oʻrtacha koʻrsatkichi 80,9 ballni tashkil etdi, bu esa oʻtgan yilga nisbatan 2,9 ball yuqori. Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, 2020-yilda oʻrtacha ball 69,8 boʻlgan boʻlsa, 2025-yilda 80,9 ballga yetdi. Hududlar kesimida eng yuqori oʻrtacha ballni Buxoro viloyati (96 ball) qayd etdi. Navoiy viloyatida bu koʻrsatkich 93,2 ball, Toshkent shahrida esa 83 ballni tashkil etdi.

2025-yilda 438 869 nafar oʻquvchi maktabni tamomlagan boʻlsa, ularning 327 673 nafari (75 foiz) test sinovlarida qatnashdi. Ulardan 113 176 nafari (25,8 foiz) davlat oliy taʼlim muassasalariga qabul qilindi. Bu koʻrsatkich oxirgi uch yilda 3,5 foizga oshgan.

Eng yuqori qabul koʻrsatkichi Navoiy viloyatida kuzatilib, bitiruvchilarning 48,4 foizi oliy taʼlimga kirishga muvaffaq boʻldi. Buxoro viloyatida bu koʻrsatkich 38,2 foiz, Jizzax viloyatida esa 32,4 foizni tashkil etdi.

Shuningdek, imtihonlarda 619 nafar bitiruvchi maksimal natija 189 ballni qoʻlga kiritdi. Shu bilab birga, davlat granti kvotasining 84,2 foizi (29 881 nafar) aynan joriy yil bitiruvchilari tomonidan qoʻlga kiritildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 41 foiz abituriyent oʻtish ballini yigʻa olmagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek