Yangiliklar

FIFA prezidenti Oʻzbekistonga tashrif buyuradi

U CAFA Nations Cup 2025 musobaqasining final uchrashuvini bevosita stadiondan tomosha qiladi
Foto: O‘FA

FIFA prezidenti Janni Infantino Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining taklifiga binoan yurtimizga tashrif buyuradi. Bu haqda OʻFA matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrif doirasida Infantino Oʻzbekistonda futbolni yanada rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni muhokama qiladi, Milliy futbol markazi faoliyati bilan yaqindan tanishadi.

Shuningdek, u CAFA Nations Cup 2025 musobaqasining final uchrashuvini bevosita stadiondan tomosha qiladi.

Eslatib oʻtamiz, mazkur final uchrashuvi 8-sentabr kuni Toshkentdagi «Olimpiya» stadionida Oʻzbekiston va Eron terma jamoalari oʻrtasida oʻtkaziladi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston CAFA Nations Cup 2025 doirasida Qirg‘izistonni 4:0 hisobida mag‘lub etgani haqida xabar bergan edi.