Yangiliklar

Hafta davomida dollar kursi Markaziy Osiyoda qanday o‘zgardi

Qozog‘istonda dollar 1,5 tengega yuqoriladi
dollar
Markaziy Osiyoda dollar / Foto: Depositphotos

Amerika valyutasi nafaqat O‘zbekistonda, balki qo‘shni respublikalarda ham turlicha o‘zgarishlarni qayd etdi. Kursiv Uzbekistan nashri dollar kursining Markaziy Osiyodagi o‘zgarishi haqida maqola e’lon qiladi.

O‘zbekiston

Foto: Valyuta birjasi saytidan ekran tasviri

2-sentabr kuni dollar 12 422,90 so‘m etib belgilandi va avvalgi kunga nisbatan 37,80 so‘mga pasaydi. 3-sentabrda pasayish davom etib, kurs 12 374,55 so‘mgacha tushdi. Bu kunlik 48,35 so‘mlik yo‘qotishni anglatdi.

4-sentabrda esa dollar 62,60 so‘mga qimmatlab, 12 437,15 so‘mga chiqdi. Haftaning so‘nggi savdo kuni, 5-sentabrda, kurs yanada mustahkamlanib, 12 520,78 so‘mni tashkil etdi. Bu bir kunda 83,63 so‘mga o‘sish degani.

Umuman olganda, hafta davomida dollar dastlab pasaygan bo‘lsa-da, keyingi kunlarda qimmatlashib, umumiy hisobda 97,88 so‘mga ko‘tarildi.

Qozog‘iston

Foto: Nationalbank.kz saytidan ekran tasviri

Qozog‘istonda 2025-yil sentabr oyining birinchi haftasida dollar kursi asta-sekin ko‘tarildi.

1-sentabr kuni AQSh dollari 538,54 tenge etib belgilandi va 2-sentabrda ham shu darajada saqlanib qoldi. 3-sentabrda esa biroz o‘sish kuzatilib, kurs 539,55 tengega yetdi.

4-sentabrda dollar yanada qimmatlab, 540,18 tenge darajasiga chiqdi. 5-sentabrda esa biroz pasayish kuzatildi va kurs 540,05 tenge bo‘ldi.

Umuman olganda, hafta davomida dollar kursi 1,5 tengega o‘sib, 538,54 tengen 540,05 tengigacha ko‘tarildi. Shu tariqa, Qozog‘istonda dollar nisbatan barqaror, ammo asta-sekin yuqorilab bordi.

Qirg‘iziston

Foto: Nbkr.kg saytidan ekran tasviri

Qirg‘iziston somiga nisbatan AQSh dollari kursi sentabr oyining birinchi haftasida nisbatan barqaror bo‘ldi, ammo haftaning oxirida sezilarli o‘sish qayd etildi.

1-sentabrda dollar kursi 87,3913 som etib belgilandi. 2-sentabrda biroz pasayib, 87,3883 somni tashkil qildi. 3-sentabrda esa yana kamayib, 87,3821 som darajasiga tushdi.

4-sentabrda kurs 87,4370 somgacha ko‘tarildi. 5-sentabrda esa dollar yanada qimmatlab, 87,4500 som darajasiga yetdi.

Umuman olganda, hafta davomida dollar Qirg‘izistonda 0,06 somga o‘sib, 87,39 somdan 87,45 somgacha ko‘tarildi. Bu esa milliy valyuta somning biroz zaiflashganini ko‘rsatadi.

Tojikiston

Tojikiston milliy valyutasi – somoniyga nisbatan AQSh dollarining qiymati 2025-yil sentabr oyining birinchi haftasida o‘zgarib turdi.

1-sentabr kuni dollar 9,4601 somoniy darajasida belgilandi. 2-sentabrda biroz pasayib, 9,4172 somoniy bo‘ldi. 3-sentabrda pasayish davom etdi va kurs 9,4061 somoniygacha tushdi.

4-sentabrda vaziyat o‘zgarib, dollar qayta qimmatlab 9,4313 somoniy darajasiga chiqdi. 5-sentabrda o‘sish davom etdi va kurs 9,4639 somoniy bo‘ldi.

Umuman olganda, hafta boshidagi 9,4601 somoniydan haftaning oxiriga kelib 9,4639 somoniygacha ko‘tarilib, umumiy o‘sish 0,0038 somoniyni tashkil etdi. Bu juda kichik farq bo‘lsa-da, dollar haftani biroz yuqoriroq darajada yakunladi.

Turkmaniston milliy valyutasining AQSh dollariga nisbati hafta davomida o‘zgarmadi – 1 AQSh dollari 3,50 turkman manatiga teng bo‘lib qolmoqda. Biroq mamlakatda valyutaning erkin konvertatsiyasi mavjud emas (O‘zbekistondagi 2017-yilgacha bo‘lgan davrni eslatadi). Shu sababli norasmiy bozorda dollar kursi rasmiy ko‘rsatkichdan ancha yuqori bo‘lishi mumkin.

Avvalroq 8-sentabr uchun valyuta kurslari e’lon qilingani haqida yozgan edik.