Kanalizatsiya quvuridagi jasadlar, yangilangan Chevrolet Cobalt — 5-sentabrning muhim yangiliklari

eʼlon qilindi
Kunning muhim yangiliklari
14-avgust kuni qanday ob-havo kuzatiladi
Foto: Sun’iy intellekt

Kursiv Uzbekistan kun davomida ro‘y bergan O‘zbekiston va dunyoda dolzarb yangiliklarni bir joyga jamladi.

Buxoroda kanalizatsiya quvuridan uch nafar ishchining jasadi topildi

Foto: Buxoro IIB

Shu yilning 4-sentabr kuni Buxoro tumanining Bog‘idasht qishlog‘i hududidan o‘tuvchi markaziy kanalizatsiya quvuriga besh nafar ishchi ehtiyotsizlik oqibatida tushib ketgan.

Batafsil

Arnasoydagi yangi aeroportga birinchi samolyot qo‘ndi

Arnasoydagi yangi aeroportga birinchi samolyot qo‘ndi. Foto: O‘zA

Jizzax viloyatining Arnasoy tumanidagi qurilishi davom etayotgan zamonaviy aeroportga ilk bor L-410UVP-E20 rusumli samolyot sinov tariqasida qo‘ndi.

Batafsil

Tramp Pentagonni «Urush vazirligi» deb qayta nomlamoqchi

AQSh prezidenti Donald Tramp juma kuni farmonga imzo chekib, Pentagonning rasmiy nomini «Mudofaa vazirligi»dan «Urush vazirligi»ga o‘zgartirishi kutilmoqda. Bu haqda CNN agentligi ma’lum qildi.

Batafsil

Tailand sobiq bosh vaziri sud qaroridan oldin mamlakatdan qochib ketdi

Thaksin Shinawatra qochib ketdi
Tailand sobiq bosh vaziri sud qaroridan oldin mamlakatdan qochib ketdi / Foto: SJX Watches

Tailandning sobiq bosh vaziri Thaksin Shinavatra sud qarori e’lon qilinishidan bir necha kun oldin shaxsiy samolyotida mamlakatni tark etdi. Bu haqda CNN agentligi ma’lum qildi.

Batafsil

Yaqin orada yangilangan Chevrolet Cobalt avtomobili taqdim etiladi

Chevrolet Cobalt
Chevrolet Cobalt / Foto: Lion Motors

UzAuto Motors tomonidan uzoq kutilgan yangilangan Chevrolet Cobalt avtomobili yaqin kunlarda taqdim etiladi. Bu haqda Chevrolet Uzbekistan ma’lum qildi.

Batafsil

Fargʻona vodiysida metan cheklovi sababli ikki ming tonna benzin ajratildi

Fargʻona vodiysida 5-sentabr kuni soat 12:00 dan 36 soat davomida «Ohangaron-Pungon» magistral gaz quvuri orqali tabiiy gaz uzatish vaqtincha toʻxtatiladi.

Batafsil

Eng yaxshi batareyaga ega Samsung smartfonlari

Smartfon bozorida Samsung kompaniyasining ham o‘rni alohida. 2025-yilning birinchi choragida Samsung 60,5 mln dona smartfon yetkazib bergan. Bu kompaniyaga global bozorda 20% ulushni ta’minladi. Kursiv Uzbekistan nashrining ushbu maqolasida eng yaxshi batareyaga ega Samsung smartfonlari haqida so‘z boradi.

Batafsil

Oʻzbekiston terma jamoasi oktabrda Urugvay bilan oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazadi

Oʻzbekiston milliy jamoasi oktabr oyida Janubiy Amerikaning kuchli terma jamoalaridan biri Urugvay bilan oʻrtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Bu haqda OʻFA matbuot xizmati xabar berdi.

Batafsil

CAFA 2025: O‘zbekiston Qirg‘izistonni 4:0 hisobida mag‘lub etdi

«CAFA Nations Cup 2025» musobaqasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qirg‘izistonni 4:0 hisobida mag‘lub etdi. Bu haqda O‘FA ma’lum qildi.

Batafsil

Shuningdek