Neymar 1 milliard dollarlik meros egasiga aylanishi mumkin

eʼlon qilindi
Vasiyat qonuniy tartibda hujjatlashtirilgani ham qayd etilgan
Neymar ishtirok etgan bahsda «Santos» magʻlubiyatga uchradi. Foto: «Santos»

Braziliyalik futbol yulduzi Neymar kutilmaganda katta boylik egasi boʻlishi ehtimoli bor. Terra nashrining yozishicha, ism-sharifi oshkor qilinmagan braziliyalik tadbirkor unga $1 milliardlik meros qoldirgan.

Maʼlumotlarga koʻra, 31 yoshli biznesmen uylanmagan, farzandi yoʻq va sogʻligʻida jiddiy muammolari mavjud. U 2023-yilda barcha mol-mulkini Neymar foydasiga rasmiy vasiyatnoma orqali belgilab qoʻygan. Vasiyat qonuniy tartibda hujjatlashtirilgani ham qayd etilgan.

Manbaga koʻra, tadbirkor Neymarni nafaqat futbolchi, balki shaxs sifatida ham chuqur hurmat qiladi. U futbolchining hayot yoʻlini oʻzining taqdiriga oʻxshatgan. Meros tarkibiga koʻchmas mulk, investitsiyalar va yirik kompaniyalarning aksiyalari kirishi kutilmoqda.

Hozir Neymar «Santos» klubi sharafini himoya qilmoqda. U joriy mavsum 22 oʻyinda maydonga tushib, 6 gol va 3 golli uzatma muallifiga aylangan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 11 million yevro deb baholamoqda. Neymarning klub bilan shartnomasi esa 2025-yil oxirigacha amal qiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Neymar ishtirok etgan bahsda «Santos» magʻlubiyatga uchragani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek