O‘zbekistonda to‘liq Oy tutilishi kuzatiladi

7–sentabrdan 8-sentabrga o‘tar kechasi Oy Yer soyasiga to‘liq kirib, qizil-binafsha rangga bo‘yaladi. Astronomlar buni yilning eng tomoshabop osmon hodisalaridan biri sifatida baholamoqda.
Vaqt jadvali (Toshkent vaqti bilan):
- Oy tutilishining boshlang‘ich bosqichi: 20:28
- Soyali faza boshlanishi: 21:27
- To‘liq tutilish boshlanishi: 22:30
- Maksimal nuqtasi: 23:11
- To‘liq tutilish tugashi: 23:52
- Soyali faza tugashi: 00:56
- Oy tutilishining boshlang‘ich bosqichining yakuni: 01:55
Oy tutilishining to‘liq bosqichi 1 soat 22 daqiqa, umumiy davomiyligi esa qariyb 6 soat bo‘ladi.
Mutaxassislar hodisani kuzatish uchun shahardan uzoqroq, osmon iloji boricha qorong‘i bo‘lgan joylarni tanlashni tavsiya etmoqda. Oddiy ko‘z bilan ham ko‘rish mumkin, ammo batafsil kuzatish uchun durbin yoki kichik teleskop foydali bo‘ladi. Tog‘li va qishloq hududlarida manzara yanada ravshan bo‘ladi.
Bu tutilish so‘nggi yillarda eng chuqur bo‘lishi bilan alohida ahamiyatga ega, chunki Oy Yer soyasining deyarli markazidan o‘tadi. Keyingi shunday hodisa O‘zbekistonda faqat 2029-yilda kuzatiladi.
Avvalroq Rossiya ilmiy texnikasi Xitoyning «Chang’e-7» apparatida Oyga yuborilgani haqida yozgan edi.