7200 mA/soat batareyaga ega Realme Neo 7 Turbo AI Edition taqdim etildi

7-sentabr 2025 14:07 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
realme
7200 mA/soat batareyaga ega Realme Neo 7 Turbo AI Edition taqdim etildi / Foto: Realme

Realme Xitoy bozoriga yangi Realme Neo 7 Turbo AI Edition smartfonini taqdim etdi. Bu haqda Gizmochina xabar bermoqda. Qurilma 7200 mA/soat sig‘imli akkumulyator bilan ta’minlangan bo‘lib, 100 vatt tezkor zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi.

Model avvalgi Neo 7 Turbo asosida yaratilgan bo‘lib, China Mobile operatori bilan hamkorlikda chiqarilgan. Qurilma orqa panelida China Mobile logotipi va uning maxsus ilovalari bilan ajralib turadi. Shuningdek, asosiy ekran chapga surilganda Mango Card Club servislari (Mango TV, Migu Video, Migu Sports va boshqalar) ochiladi.

Texnik jihatdan AI Edition oldingi versiyasi bilan bir xil: unda MediaTek Dimensity 9400e protsessori, 6,8 dyuymli tekis displey va 144 Hz yangilanish chastotasi mavjud.

Kameralar bloki 50 MP asosiy sensor (OIS bilan) va 8 MP yordamchi sensordan iborat. Shuningdek, smartfon IP69 darajasida suv o‘tkazmaslik himoyasi, 4608 Hz PWM yoritish nazorati va shaffof orqa panel bilan ajralib turadi. Qurilma Realme UI 6.0 tizimida ishlaydi.

Narxlar:

  • $280 — 12/256 GB versiyasi
  • $380 — 16/512 GB versiyasi

Neo 7 Turbo AI Edition faqat Xitoy bozorida sotuvga chiqariladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursov Uzbekistan nashri eng qulay hamyonbop smartfonlar reytingi yangilangani haqida yozgan edi.

Shuningdek