Avto

Chevrolet Tracker narxidagi Geely Galaxy Starshine 8 gibrid modeli haqida nimalar ma’lum

Modelning narxi $17 ming dollardan boshlanadi
Geely Galaxy Starshine 8 gibrid modeli
Chevrolet Tracker narxidagi Geely Galaxy Starshine 8 gibrid modeli haqida nimalar ma’lum / Foto: CarNewsChina

Geely kompaniyasi tomonidan Galaxy modellariga qatoriga yangi Geely Galaxy Starshine 8 gidrid avtomobili qo‘shildi. Bu o‘rta va yirik toifadagi gibrid sedan bo‘lib, zamonaviy dizayn, uzoq masofa va ilg‘or texnologiyalarni birlashtiradi. CarNewsChina model haqida maqola e’lon qildi.

Model yetti xil komplektatsiyada taqdim etiladi, narxlar 125 800 yuan ($17 ming)dan boshlanib, 165 800 yuan ($23 ming)gacha yetadi. O‘zbekiston avtomobil bozorida bu narxga Chevrolet Tracker modelini xarid qilish mumkin (215 mln so‘m). Ammo bojxona to‘lovlari va qo‘shimcha xizmatlar evaziga Geely avtomobili qimmat bo‘lishi mumkin.

Foto: CarNewsChina

Dizayn va tashqi ko‘rinish

Foto: CarNewsChina

Avtomobilning uzunligi 5 018 mm, g‘ildirak bazasi 2 928 mm. Fastbek uslubidagi kuzov unga sportiv ko‘rinish beradi, ammo sedanning amaliy tomonlarini ham saqlab qoladi. Old qismini yopiq panjarali dizayn va LED chiroqlar birlashtiradi. Orqa qismida esa Galaxy qatoriga xos uzluksiz yoritkich paneli mavjud. Aerodinamik koeffitsiyent atigi 0,25 Cd bo‘lib, samaradorlikni oshiradi.

Salonda qulaylik va texnologiyalar

Ichki qismi gorizontal simmetriyaga asoslangan. Markazda 15,4 dyuymli sensorli ekran, haydovchi oldida esa 10,2 dyuymli LCD panel joylashgan. Yuqori komplektatsiyalarda 25,6 dyuymli AR-HUD ham qo‘shiladi. Boshqaruv tizimi Geely’ning Dragon Eagle-1 7 nm chipi va DeepSeek AI modeli asosida ishlaydi, ovozli boshqaruv va OTA yangilanishlarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Foto: CarNewsChina

Kabinda sun’iy charm, yumshoq plastik va metall elementlar ishlatilgan. 2,9 metrlik g‘ildirak bazasi orqa o‘rindiqlarda keng joy beradi, yuqori toifadagi versiyalarda panoramik tom oynasi (1,36 m²) va 256 rangli yoritish mavjud. Yukxona hajmi 405 litr, beshta 20 dyuymli chamadon sig‘adi. O‘rindiqlar isitish, shamollatish va massaj funksiyalariga ega.

Gibrid tizim va yurish sifati

Biz sinovdan o‘tkazgan EM-i komplektatsiyasi 1,5 litrli 82 kVt benzin dvigateli va 175 kVt elektr motorini birlashtiradi. Bu tizim avtomobilni 0 dan 100 km/soatgacha 7,9 soniyada tezlashtiradi. Faqat elektrda 130 km masofani bosib o‘tadi, umumiy masofa esa komplektatsiyaga qarab 1 500 – 1 600 kmni tashkil etadi. Yo‘qilg‘i sarfi atigi 3,43 L/100 km (CLTC).

Foto: CarNewsChina

Oldingi ikki tayanchli va orqa ko‘p bo‘g‘imli osma tizim barqarorlik va qulaylikni muvozanatlashtiradi. Shahar sharoitida elektr motorning tezkor javobi seziladi, trassada esa aralash tizim barqarorlikni saqlaydi.

Xavfsizlik va haydovchiga yordam tizimlari

Beshta komplektatsiyada ilg‘or G-Pilot tizimi mavjud. U 126 qatorli LiDAR, beshta millimetr to‘lqinli radar, 12 ta ultratovushli sensor va 10 kameraga ega. Tizim 300 dan ortiq parkovka stsenariylarini qo‘llab-quvvatlaydi, avtomatik tormozlash va manevr qilish imkoniyatlari bilan jihozlangan.

Foto: CarNewsChina

Bazaviy versiyalarda ham adaptiv kruiz-kontrol, yo‘l chizig‘ida ushlab turish va avtomatik o‘zgartirish kabi 2-daraja haydovchiga yordam funksiyalari mavjud.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 27 ming dollarlik Geely Galaxy M9 taqdim etilgani haqida yozgan edi.