
IFA 2025 ko‘rgazmasi oldidan AGM kompaniyasi o‘zining yangi AGM G3 Pro himoyalangan smartfonini namoyish etdi. Bu haqda Notebookcheck nashri xabar bermoqda.
Qurilma IP69K darajasida suv va changdan himoyalangan bo‘lib, harbiy standart MIL-STD-810H talablariga javob beradi.
Smartfon 10 000 mA/soat sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan. Unda 18 vattli simsiz zaryadlash imkoniyati bor, shuningdek, boshqa qurilmalarni ham simsiz quvvatlantirish mumkin. G3 Pro 64 MP asosiy kamera, issiqlik tasvirlovchi modul va 50 MP old kamera bilan ta’minlangan. Qurilma 5 vattli kuchli dinamik va yorqin fonarik bilan ham ajralib turadi.
Xotira jihatidan smartfon 12 GB tezkor va 512 GB ichki xotiraga ega. Boshqa texnik tafsilotlar hozircha e’lon qilinmagan. AGM kompaniyasi G3 Pro‘ni ekstremal sharoitlarda ishlaydigan foydalanuvchilar uchun eng ishonchli yechim sifatida taqdim etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri eng yaxshi batareyaga ega Samsung smartfonlari haqida yozgan edi.