O‘zbekiston Afg‘onistonga 265 tonna gumanitar yordam yubordi

eʼlon qilindi
Yuk tarkibida dori-darmonlar va oziq-ovqat mahsulotlari bor
Гуманитарная помощь Афганистану
O‘zbekiston Afg‘onistonga 265 tonna gumanitar yordam yubordi / Foto; TIV

O‘zbekiston Afg‘oniston xalqiga 265 tonna gumanitar yordam yo‘lladi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda. Yordam Balx viloyatidagi Hayraton shahrida afg‘on tomoniga topshirildi.

Gumanitar yordam Kunar, Nangarhor, Laghmon, Nuriston va Panjshir viloyatlarida yuz bergan vayronkor zilzila oqibatida zarar ko‘rgan aholiga mo‘ljallangan.

Yuk tarkibida dori-darmonlar va oziq-ovqat mahsulotlari bor. Ular «Termez Cargo Centre»da shakllantirilib, 14 ta yuk mashinasida yetkazildi.

Afg‘onistonlik rasmiylarning ta’kidlashicha, bu yordam qo‘shni xalqlar o‘rtasidagi birodarlik va birdamlik ramzi hisoblanadi.

O‘zbekiston TIV ma’lum qilishicha, Hayratondagi marosim gumanitar hamkorlik nafaqat tabiiy ofatlar oqibatlarini yengishda, balki davlatlar o‘rtasida ishonch va o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatdi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Afg‘onistonda uchinchi kuchli zilzila oqibatida kamida 2205 kishi halok bo‘lgani haqida yozgan edi.

Shuningdek