O‘zbekiston Rossiya dori vositalarining eng yirik importchilari uchligiga kirdi

eʼlon qilindi
Ro‘yxatning yetakchilari Qozog‘iston va Belarus bo‘ldi
Импорт российских лекарств
O‘zbekiston Rossiya dori vositalarining eng yirik importchilari uchligiga kirdi / Foto: little plant / Unsplash

O‘zbekiston Rossiya farmatsevtika mahsulotlarini import qilish bo‘yicha uchinchi o‘ringa chiqdi. Bu haqda Rossiya sanoat va savdo vaziri Anton Alixanov Sharqiy iqtisodiy forumida «RIA Novosti»ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Ro‘yxatning yetakchilari Qozog‘iston va Belarus bo‘ldi. Shuningdek, ilk beshlikka Turkmaniston va Jazoir ham kirdi.

Alixanovning ta’kidlashicha, Rossiya farmatsevtika mahsulotlariga xorijda katta talab mavjud. Bugungi kunda Rossiyada hayotiy muhim va zarur dori vositalari ro‘yxatiga kiruvchi xalqaro nomlarning 85 foizidan ortig‘i ishlab chiqariladi.

Avvalroq Rossiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlangani haqida yozgan edik.

Shuningdek