Qozog‘iston va O‘zbekiston qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi

Qozog‘iston va O‘zbekiston muntazam ravishda qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishga kelishib oldi. Qaror Qozog‘iston bosh vaziri Oljas Bektenov tomonidan imzolangan hujjat bilan tasdiqlandi.
Mashg‘ulotlar navbatma-navbat ikki davlat hududida bo‘lib o‘tadi. Unda quruqlik qo‘shinlari, harbiy aviatsiya va maxsus texnika ishtirok etadi.
Shartnoma harbiy kolonlarning chegaradan o‘tishi, poligonlardan foydalanish, tibbiy va texnik ta’minot masalalarini ham tartibga soladi.
Kelishuv besh yil muddatga tuzilgan va tomonlardan biri rad etmasa, avtomatik tarzda uzaytiriladi.
Rasmiylarga ko‘ra, bu mashg‘ulotlar mintaqada xavfsizlikni mustahkamlash va ikki davlat armiyalari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirishga xizmat qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekiston Bank of America reytingida Qozog‘istonni ortda qoldirgani haqida yozgan edi.