Taqdim etilishi kutilayotgan yangilangan Chevrolet Cobalt, reja bo‘yicha o‘chiraladigan issiq suv, O‘zbekiston MTJ taklifini rad etgan Paulu Bentu — haftaning eng muhim voqealari

eʼlon qilindi
Shota Rustaveli ko‘chasining bir qismida yo‘l harakati 10-sentabrdan tiklanishi mumkin
Uzbekistan
Foto: Viator

Yakunlayotgan hafta ham muhim hodisalarga boy bo‘ldi. Kursiv Uzbekistan o‘tgan hafta davomida sodir bo‘lgan voqea va hodisalarni bitta materialga joyladi.

Shota Rustaveli ko‘chasining bir qismida yo‘l harakati 10-sentabrdan tiklanishi mumkin

Ремонт дорог

Shota Rustaveli ko‘chasining bir qismida yo‘l harakati 10-sentabrdan tiklanishi mumkinю Foto: Pixels

Toshkent shahridagi Shota Rustaveli ko‘chasining Oybek metro bekatidan Birodarlik qabrlari yodgorligigacha bo‘lgan qismda asfalt-beton qoplamaning birinchi qatlami to‘liq yotqizildi.

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida qanday hujjatlar imzolandi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Pekin shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan imzolangan ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi o‘tkazildi.  Unga ko‘ra, uchta bitim, 11 ta muhim kelishuvga erishildi.

Piskentdagi avtomobillar sinovi 2-sentabrdan to‘xtatildi

Avtomobil bozori

Foto: O‘ABU

O‘zbekistonda avtomobillarni Piskent sinov majmuasida tekshirish amaliyoti shu yilning 2-sentabridan bekor qilindi. 2024-yil 1-noyabrdan boshlab mazkur majmuada avtotransport vositalari Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan texnik reglament asosida sinovdan o‘tkazilgan edi. Ushbu tartib respublikaga sifat kafolatiga ega bo‘lmagan mashinalarning olib kirilishini cheklash va yo‘llarda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida joriy etilgan.

Endi aholi tomonidan xarajatining yarimi qoplanadigan loyihalar avtomatik g‘olib bo‘ladi

Open budjet

«Tashabbusli budjet»ning 2-mavsumi 15-iyuldan boshlanadi / Foto: Openbudget.uz

2026-yil 1-fevraldan boshlab ijtimoiy ahamiyatga ega muhim loyihalarni aholi va davlat sheriklik asosida moliyalashtirish amaliyoti joriy etiladi. Agar aholi loyiha qiymatining 50 foizini o‘z xohishiga ko‘ra moliyalashtirsa, loyiha g‘olib deb topiladi. Bunda qolgan 50 foizi respublika budjetidan qoplanadi.

Kam Air va UzAirways hamkorlik bitimini imzoladi

Foto: Airlines inform

Afg‘onistonning Kam Air aviakompaniyasi endilikda yo‘lovchilarini Toshkent orqali Yevropa, AQSh va boshqa davlatlarga tranzit parvozlar bilan yetkazish imkoniyatiga ega bo‘ldi

Janubiy Koreyaning Mom’s Touch brendi yil oxirigacha O‘zbekistonda ilk filialini ochadi

Foto: Mom’s Touch

Janubiy Koreyaning yirik fast-fud tarmog‘i Mom’s Touch O‘zbekistonda o‘zining ilk restoranini ochishga tayyorlanmoqda. Shartnomaga ko‘ra, Toshkentda yil oxirigacha birinchi restoran ish boshlaydi. Keyingi bosqichlarda esa respublika bo‘ylab filiallar soni 60 taga yetkazilishi rejalashtirilgan.

Fond bozori: «Kvarts» aksiyalari qimmatlashdi, «Hamkorbank» aksiyalari tushishda davom etmoqda

«Hamkorbank» aksiyalarining narxi tushishda davom etmoqda. Foto: depositphotos

«Toshkent» respublika fond birjasida (RFB) joy olgan yuqori likvidli aksiyalarning aksariyati 22-avgustdan 29-avgustgacha bo‘lgan davrda turli dinamikani ko‘rsatib, UCI fond indeksi 3,04 foizga o‘sdi. Ushbu davrda «Kvarts» aksiyalari 5,35 foizga qimmatlashdi. Shuningdek, «Chilonzor buyum savdo kompleksi» (+3,72%) va «O‘zbektelekom»ning oddiy (+1,87%) aksiyalarida ham o‘sish qayd etildi.

Biroq «Hamkorbank» aksiyalari yana 14,21 foizga arzonlashib, haftaning eng katta pasayishini qayd etdi. Bundan tashqari, «O‘zbektelekom»ning imtiyozli (-6,65%) aksiyalari va «Ipak yo‘li» aksiyalari (-6,09%) ham pasayish bilan ajralib turdi.

Banklardagi mikroqarzlarning o‘rtacha foiz stavkasi yana pasaydi

Bank

May oyida banklardagi muammoli kreditlar ulushi 4,1% gacha kamaydi / Foto: Traffic News

Mamlakatdagi tijorat banklari tomonidan taqdim etilayotgan mikroqarzlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 0,2 foizga pasayib, 35,9 foizni tashkil etmoqda. Shundan jismoniy shaxslarga ajratilayotgan kreditlarning (mikroqarzlardan tashqari) o‘rtacha foiz stavkasi 24,1 foizni, yuridik shaxslar ulushi esa 23,1 foizni ko‘rsatmoqda.

Jerar Depardye jinsiy zo‘ravonlikda ayblanib sudga tortiladi

Fransuz kinosining mashhur aktyori Jerar Depardye 2018-yilda aktrisa Sharlotta Arnoudga nisbatan jinsiy tajovuz sodir etishda ayblanib, sud qilinadi. Bu haqda CNN agentligi ma’lum qildi.

Jizzaxda 400 million dollarlik O‘zbekiston –Xitoy innovatsion markazi quriladi / Foto: news post

Jizzaxda 400 million dollarlik O‘zbekiston – Xitoy innovatsion markazi quriladi

Jizzaxda $400 millionlik O‘zbekiston – Xitoy innovatsion markazi quriladi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lum qildi. Davlat rahbarining Xitoyga tashrifi doirasida O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Xitoyning yirik kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi.

Donald Tramp sog‘lig‘i haqidagi mish-mishlarni rad etdi

Donald Tramp sog‘lig‘i haqidagi mish-mishlarni rad etdi / Foto: Brian Snyder / Reuters

Donald Tramp sog‘lig‘i haqidagi mish-mishlarni rad etdi

AQSh prezidenti Donald Tramp sog‘lig‘i yomonlashgani haqidagi ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarni «soxta» deb atadi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

лампа

Xitoy Toshkentga mobil podstansiyalar yetkazib beradi — Energetika vaziri / Foto: Unsplash

Xitoy Toshkentga mobil podstansiyalar yetkazib beradi — Energetika vaziri

O‘zbekiston Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov Toshkent Xitoydan ko‘chma mobil podstansiyalar olishini ma’lum qildi. Uskunalardan statsionar podstansiyalarni ta’mirlashda foydalaniladi.

O‘zbekiston Rossiyaga haqorat qilingan taksi haydovchisi sababli nota yo‘lladi / Foto: Videodan qirqib olindi

O‘zbekiston Rossiyaga haqorat qilingan taksi haydovchisi sababli nota yo‘lladi

O‘zbekiston Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga rossiyalik fuqaroning o‘zbekistonlik taksichiga haqorat qilgani aks etgan video sababli nota yubordi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Axror Burxanov ma’lum qildi.

Paulu Bentu O‘zbekiston futbol terma jamoasini boshqarmaydi

Paulu Bentu O‘zbekiston futbol terma jamoasini boshqarmaydi / Foto: IMAGO

Paulu Bentu O‘zbekiston futbol terma jamoasini boshqarmaydi

Portugaliyalik murabbiy Paulu Bentu O‘zbekiston milliy terma jamoasini boshqarish taklifini rad etdi. Futbol federatsiyasi mutaxassisga 2026-yilgi jahon chempionati debyutiga tayyorgarlik ko‘rish uchun mo‘ljallangan shartnoma taqdim etgan edi.

Kim Chen Inning qizi ilk xorijiy tashrifda ko‘rinish berdi

Kim Chen Inning qizi ilk xorijiy tashrifda ko‘rinish berdi / Foto: Korean Central News Agency/Korea News Service/AP

Kim Chen Inning qizi ilk xorijiy tashrifda ko‘rinish berdi

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In Pekinga kelganida uning qizi Kim Ju Ae ham ilk bor xorijiy sahnada paydo bo‘ldi. Bu haqda CNN agentligi ma’lum qildi.

Мирзиёева на концерте в Самарканде

Saida Mirziyoyeva Andrea Bochelli konsertiga tashrif buyurdi / Foto: Saida Mirziyoyeva Telegram kanali

Saida Mirziyoyeva Andrea Bochelli konsertiga tashrif buyurdi

1-sentabr kuni Saida Mirziyoyeva taniqli tenor Andrea Bochellining konsert dasturida qatnashdi. Bu haqda o‘z Telegram kanalida xabar berdi.

Farg‘ona vodiysida vaqtincha gaz uzatish to‘xtatiladi

Farg‘ona vodiysida vaqtincha gaz uzatish to‘xtatiladi

Farg‘ona vodiysida vaqtincha gaz uzatish to‘xtatiladi / Foto: Isp.global

5-sentabr kuni soat 12:00 dan boshlab 36 soat davomida «Ohangaron – Pungon» magistral gaz quvuri orqali gaz uzatish vaqtincha to‘xtatiladi. Unga ko‘ra, bu yangi qurilgan 22 km qo‘shimcha quvurni tarmoqqa ulash ishlari bilan bog‘liq.

«Qayrat» — «Real Madrid»: YChLning Olmaotadagi markaziy o‘yiniga chiptalarni qanday sotib olish mumkin

«Qayrat» futbol klubi Chempionlar ligasi doirasida o‘z maydonida «Real»ni qabul qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Uchrashuv 30-sentabr kuni Olmaotadagi Markaziy stadionda bo‘lib o‘tadi va Qozog‘istonda yilning eng shov-shuvli sport tadbiriga aylanishi kutilmoqda.

O‘yin arafasida Ticketon va «Qayrat» futbol klubi muxlislarni soxta chiptalar sotilishi holatlari haqida ogohlantirib, chiptalarni qayerdan sotib olish xavfsizligini ma’lum qildi.

Toshkent viloyatidagi yangi xalqaro aeroport uchun 1300 gektardan ortiq yer ajratiladi

aeroport

Foto: SI yordamida qayta ishlandi

Yangi xalqaro aeroport qurilishi uchun Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq va Quyi Chirchiq tumanlaridan jami 1309,76 gektar yer ajratilishi rejalashtirilmoqda. 

Shundan:

  • sug‘oriladigan yerlar – 1075,45 gektar;
  • bog‘lar – 112,69 gektar;
  • yaylov va pichanzorlar – 0,65 gektar;
  • boshqa yerlar – 120,97 gektar.

Ya’ni O‘rta Chirchiq tumanidan 790,76 gektar ajratiladi. Undan 609,95 gektari sug‘oriladigan yer, 112,63 gektari bog‘, 0,65 gektari yaylov va pichanzor, 67,53 gektari esa boshqa yerlar hisoblanadi.

Xorijdan o‘quvchilarni O‘zbekistondagi maktablarga ko‘chirish bo‘yicha platforma ishga tushdi

Rus maktablari

Foto: Elnur Ahmadov

Xorijdagi maktabdan o‘quvchilarni ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmati ishga tushirildi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.

Mazkur xizmat orqali O‘zbekiston fuqarolari farzandlarini xorijiy maktablardan davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablariga ko‘chirish bo‘yicha onlayn ariza berishi mumkin.

O‘zbekistonda fuqarolarning 86 foizi pensiyasini bank kartasi orqali oladi

Ozod qilingan shaxslarga bir martalik nafaqa belgilanadi

Foto: Ijtimoiy tarmoq

2025-yil sentabrda pensiyalarni naqdsiz shaklda oladigan fuqarolar uchun mablag‘lar to‘liq moliyalashtirildi. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi xabar berdi.

Pensiya jamg‘armasi 4,2 million nafar pensioner uchun mablag‘larni tijorat banklariga o‘tkazib berdi. O‘z navbatida pensiya to‘lovlarini naqd pulsiz shaklda oluvchi 3,6 million nafar fuqaroning (jami oluvchilarning 86 foizi) pensiya pullari bank kartalariga yuklandi.

Bo‘stonliqda tadbirkordan noqonuniy ushlab qolingan 115,6 million so‘m qaytarildi

Mahalliy hokimiyat xodimlarini rag‘batlantirishning yangi tizimi joriy etiladi

Foto: Facebook/Sun’iy intellekt

Biznes-ombudsman devoniga Bo‘stonliq tumanidagi jamiyat rahbari tijorat banki mansabdor shaxslarining noqonuniy harakatlari yuzasidan murojaat yo‘llagan.

Unga ko‘ra, «Biznesni rivojlantirish banki» hududiy bo‘linmasi sud qarorida belgilangan asosiy qarzdan tashqari, keyingi davr uchun asossiz ustama jarima hisoblab, korxonaning hisobidan 115,6 million so‘m yechib olgani aniqlandi.

Qurilish vazirligi uy qurish uchun ruxsatnomaga pora berish bo‘yicha izoh berdi

Foto: Daqn.uz

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi qurilish sohasida asossiz rad etishlar mavjudligi va korrupsiyaviy holatlar haqidagi fikrlar bo‘yicha izoh berdi.

Vazirlik izohiga ko‘ra, qurilish sohasidagi barcha davlat xizmatlari va to‘lovlar belgilangan tartibda faqat elektron tarzda amalga oshiriladi. Jismoniy yoki yuridik shaxslar shaharsozlik hujjatlarini my.gov.uz portali yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali topshirishi mumkin. Bu jarayonda fuqaro bilan vakolatli organ vakillari o‘rtasida bevosita muloqotga yo‘l qo‘yilmaydi.

Buxoroda kanalizatsiya quvuridan uch nafar ishchining jasadi topildi

Foto: Buxoro IIB

Shu yilning 4-sentabr kuni Buxoro tumanining Bog‘idasht qishlog‘i hududidan o‘tuvchi markaziy kanalizatsiya quvuriga besh nafar ishchi ehtiyotsizlik oqibatida tushib ketgan.

Batafsil

Arnasoydagi yangi aeroportga birinchi samolyot qo‘ndi

Arnasoydagi yangi aeroportga birinchi samolyot qo‘ndi. Foto: O‘zA

Jizzax viloyatining Arnasoy tumanidagi qurilishi davom etayotgan zamonaviy aeroportga ilk bor L-410UVP-E20 rusumli samolyot sinov tariqasida qo‘ndi.

Batafsil

Tramp Pentagonni «Urush vazirligi» deb qayta nomlamoqchi

AQSh prezidenti Donald Tramp juma kuni farmonga imzo chekib, Pentagonning rasmiy nomini «Mudofaa vazirligi»dan «Urush vazirligi»ga o‘zgartirishi kutilmoqda. Bu haqda CNN agentligi ma’lum qildi.

Batafsil

Tailand sobiq bosh vaziri sud qaroridan oldin mamlakatdan qochib ketdi

Thaksin Shinawatra qochib ketdi

Tailand sobiq bosh vaziri sud qaroridan oldin mamlakatdan qochib ketdi / Foto: SJX Watches

Tailandning sobiq bosh vaziri Thaksin Shinavatra sud qarori e’lon qilinishidan bir necha kun oldin shaxsiy samolyotida mamlakatni tark etdi. Bu haqda CNN agentligi ma’lum qildi.

Batafsil

Eslatib o’tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri dollar kursi hafta davomida qanchaga oshgani haqida yozgan edi.

Shuningdek