9-sentabrdan «Afrosiyob» poyezdlari jadvaliga o‘zgartirishlar kiritiladi

eʼlon qilindi
Ushbu sanadan bir qator elektropoyezdlar jadvaliga ham oʻzgartirishlar kiritilmoqda
Afrosiyob
Afrosiyob poyezdi yangi qatnov jadvalida harakatlanadi / Foto: Unsplash

Joriy yilning 9-sentabr kunidan boshlab «Afrosiyob» tez yurar poyezdlari harakati jadvaliga o‘zgartirishlar kiritiladi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ xabar berdi.

Unga ko‘ra, poyezdlar quyidagi jadval asosida qatnovlarni amalga oshiradi:

Reys raqamiYo‘nalishJo‘nash vaqtiKelish vaqti
778Toshkent — Buxoro06:0810:14
777Buxoro — Toshkent18:0022:08
764Toshkent — Qarshi06:3310:07
763Qarshi — Toshkent17:2921:04
774Toshkent — Shahrisabz06:3311:12
773Shahrisabz — Toshkent16:2421:04
766Toshkent — Samarqand08:0010:25
765Samarqand — Toshkent17:4020:07
768Toshkent — Buxoro07:3011:42
767Buxoro — Toshkent16:1620:30
770Toshkent — Buxoro08:3012:42
769Buxoro — Toshkent15:0319:17
772Toshkent — Buxoro19:4123:58
771Buxoro — Toshkent03:1507:29

Shuningdek, 9-sentabr sanasidan quyidagi elektropoyezdlar jadvaliga ham oʻzgartirishlar kiritilmoqda:

Reys raqamiYo‘nalishJo‘nash vaqtiKelish vaqti
6407Sirdaryo — Toshkent Janubiy vokzal04:3006:46
6453Xavast — Toshkent Janubiy vokzal03:4307:42
6429Toshkent Janubiy vokzal — Xojikent07:4610:01
6440Xojikent — Toshkent Janubiy vokzal06:2508:59
6442Xojikent — Toshkent Janubiy vokzal05:2007:46
6430Xojikent — Toshkent Janubiy vokzal10:2412:36

Bekobod yo‘nalishidagi 6450-sonli poyezd esa 12-sentabrdan boshlab haftaning juma kunlari Yangiyerdan keyin 20:26 da Bekobod bekatiga yetib keladi.

Avvalroq «Afrosiyob» poyezdlarida Wi-Fi tarmog‘i ishga tushirilgandi. Yo‘lovchilar tarmoqqa ulanib ichki media-portal orqali filmlar ko‘rishi, musiqa tinglashi va turli kontentlardan bahramand bo‘lishi mumkin. Internetning dastlabki 30 daqiqasi bepul. Ulanish uchun faqat poyezd ichidagi Wi-Fi tarmog‘ini tanlash kifoya. Wi-Fi har bir vagon va barcha yo‘nalishda ishlaydi.

Shuningdek