Apple yillik taqdimotiga tayyorlanmoqda: iPhone Air, Apple Watch, narx va sun’iy intellekt

8-sentabr 2025 08:26 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Apple yillik taqdimotiga tayyorlanmoqda: iPhone Air, Apple Watch, narx va sun’iy intellekt / Foto: Idrees Mohammed/AFP/Getty Images

Apple 9-sentyabrda o‘tkaziladigan yillik tadbirida yangi, yupqa iPhone Air modeli, iPhone 17 va yangi Apple Watch’larni taqdim etishi kutilmoqda. Bu haqda CNN agentligi ma’lum qildi.

Apple sun’iy intellektdagi raqobatchilariga nisbatan orqada qolayotgani qayd etilmoqda. Shu bois bu safar kompaniya asosan apparat batareyasi, kamera va dizayni takomillashuviga urg‘u berishi ehtimoli yuqori.

Xalqaro tariflar tufayli yangi modellarda narx oshishi masalasi jiddiy muammo sifatida qolmoqda. Tahlilchilar pastroq xotirali variantlarni olib tashlash orqali xaridorlarni qimmatroq modellarga yo‘naltirish mumkinligini taxmin qilmoqda.

Boshqa tomondan, iste’molchilar telefonlarini hozirda kamroqda yangilamoqda. Shuning uchun yupqa dizayn yoki ayrim yangi funksiyalar ham yangilanishga yetarli turtki bermasligi mumkin. Apple’ning so‘nggi qarorlari va narx siyosati joriy yil mobaynida kompaniya sotuvlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

iPhone Air esa kompaniyaning iPhone oilasiga turli-xillik qo‘shsa-da, iPhone kelajagini belgilovchi radikal yangilik bo‘lmasligi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda iPhone 17 Pro Max videosi tarqalgan edi.

Shuningdek