AQSh vizasini olish qoidalari yanada murakkablashdi

eʼlon qilindi
6-sentabrgacha suhbatga yozilganlar uchun eski shartlar amal qilishi davom etadi
Foto: acko.com

AQSh hukumati chet elliklarga noimmigratsion vizalar, jumladan, B1/B2 biznes/turistik vizalarini berish qoidalarini kuchaytirdi. Bu haqda AQSh Davlat departamenti yangi tartibni e’lon qildi.

Ilgari esa bu turdagi arizalar istalgan davlatdagi elchixonalar orqali qabul qilinardi. 6-sentabrgacha suhbatga yozilganlar uchun eski shartlar amal qilishi davom etadi.

Yangi tartib quyidagicha:

  • Rossiya fuqarolari endilikda hujjatlarni faqat Ostonada yoki Varshavada topshira oladi;
  • belarusliklar uchun – Vilnyus va Varshava;
  • ukrainaliklar uchun – Varshava va Krakov;
  • Eron fuqarolari uchun esa Dubaydagi vakolatxona belgilangan.

Yangi qoida diplomatik, xizmat va NATO vizalariga tatbiq etilmaydi. Ba’zi hollarda tibbiy yordam, insonparvarlik yoki tashqi siyosat asosida istisnolar qo‘llanishi mumkin.

Qat’iylashtirilayotgan AQSh vizasi haqida

Iyun oyida AQSh vizasiga topshiradigan o‘zbekistonliklar ijtimoiy tarmoqlarini ochib qo‘yishi kerakligi haqida xabar berilgandi.

Unga ko‘ra, F, M yoki J toifasidagi noimmigratsion vizaga ariza topshirayotganlar barcha ijtimoiy tarmoq akkauntlaridagi maxfiylik sozlamalarini «ommaviy» holatga o‘tkazishi shart.

Shuningdek, iyul oyida AQShga viza olish uchun $250 lik yangi to‘lov joriy etildi.

Ushbu to‘lov turistik maqsadda tashrif buyuruvchilarga, ishchi, talabalar hamda almashinuv dasturlari vizalariga ariza topshiruvchilar uchun majburiy bo‘ladi. Bu mablag‘ AQSh vizasi olish uchun hozirgacha to‘lanib kelinayotgan $185 dan tashqari undiriladi.

Shu bilan birga AQSh xorijlik yuk mashinasi haydovchilariga viza berishni vaqtincha to‘xtatgandi.

Mamlakat xorijiy jurnalist va talabalarga viza muddatini cheklashni ham rejalashtirilmoqda.

Shuningdek