
Qozogʻiston terma jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionati saralashida Belgiyadan safarda 0:6 hisobida yutqazdi. Oʻyindan keyin bosh murabbiy Ali Aliyev iste’foga chiqishini e’lon qildi, deb yozmoqda Sports24.kz.
«Qisqa gapiraman. Maydonda yuz bergan barcha natijalar uchun javobgarlikni zimmamga olaman. Bu mening aybim. Futbolchilarning birortasi bunday magʻlubiyatga loyiq emas. Qozogʻistonga qaytishimiz bilanoq federatsiya rahbariyatiga iste’fo arizamni topshiraman», — dedi Aliyev matbuot anjumanida.
Murabbiy chiqishida jurnalistlar savollariga javob bermasdan zalni tark etgan.
Qozogʻiston terma jamoasi oxirgi toʻrtta oʻyinda yutqazdi, toʻplar nisbati esa 1:12 boʻldi. Hozircha jamoa «J» guruhida 5 turdan keyin 3 ochko bilan 4-oʻrinda bormoqda. Ular yetakchi Shimoliy Makedoniyadan 8 ochko ortda qolmoqda.
Qozogʻiston terma jamoasi saralash bosqichidagi navbatdagi uchrashuvini 10-oktabr kuni Lixtenshteynga qarshi oʻtkazadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Qayrat» va «Real Madrid oʻyiniga chiptalarni qanday sotib olish mumkinligi haqida xabar bergan edi.