BYD 427 ot kuchiga ega yangi gibrid sedanini taqdim etdi

8-sentabr 2025 14:50 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir
BYD 427 ot kuchiga ega yangi gibrid sedan taqdim etdi. Foto: BYD

BYD kompaniyasi yangi gibrid sedan — HaiSe07 DM-i 2026 savdosi boshlanganini e’lon qildi. Bu haqda IT Home xabar berdi.

Avtomobil dastlab Xitoyning Chengdu avtosalonida premium versiyada namoyish etilgan. Mashina 4-sentabrdan dilerlik markazlarida sotuvga chiqdi. U yangilangan dizayn va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan. Jumladan, haydovchiga yordam beruvchi tizimni yaxshilash uchun lidar o‘rnatilgan.

Ichki dizayn. Foto: BYD

Old qismiga ham o‘zgarishlar kiritilgan bo‘lib, endi gorizontal panjara o‘rniga katta trapetsiya shaklidagi radiator panjarasi ishlatilgan. Mashinaning o‘lchamlari 4995×1900×1495 mm, g‘ildirak bazasi 2900 mm, og‘irligi esa 1885 – 2010 kg.

Avtomobil panoramali lyuk, qora oynalar qoplamasi va 225/50R18 o‘lchamdagi shinalar bilan ta’minlangan. Shuningdek, qo‘shimcha opsiya sifatida lidar va qoraytirilgan oynalar mavjud.

Texnik jihatdan mashina 1,5 litrli 156 ot kuchiga ega benzin dvigateli hamda 271 ot kuchiga ega elektromotordan iborat gibrid tizimga ega. U litiy-temir-fosfat akkumulyatorlari yordamida ishlaydi.

Foto: BYD

Avvalroq kompaniya tomonidan taqdim etilgan hashamatli BYD Yangwang U8L avtomobili 12-sentabrdan boshlab sotuvga chiqishi haqida xabar berilgandi. Uning narxi $180 ming bo‘lib, og‘irligi 3,6 tonnaga teng.

Avtomobilning uzunligi 5400 mm, eni 2049 mm, balandligi 1921 mm, g‘ildirak bazasi esa 3250 mmga teng. U gabaritlarda Range Rover va Rolls-Royce Cullinan’dan katta. Krossover 23 dyuymli kovan disklar, elektrli yukxona eshigi va suzuvchi kapaklar bilan jihozlangan.

Shuningdek