Chery Auto aksiyalari Hongkong fond birjasida sotuvga chiqadi

8-sentabr 2025 12:48 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
chery
Chery Auto Hongkong birjasida IPO o‘tkazishga tayyor / Foto: Sohu

Chery Automobile kompaniyasi aksiyalarini Hongkong fond birjasida (HKEX) joylashtirishga tayyorlanmoqda. 7-sentabr kuni kompaniya listing eshituvini muvaffaqiyatli o‘tkazdi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.

Mazkur voqea Chery’ning 20 yildan ortiq davom etayotgan IPO jarayonida muhim bosqich hisoblanadi. Kompaniya ilk bor 2004-yilda ommaviy joylashtirishni rejalashtirgan edi. 2025-yil 28-fevralda HKEX’ga prospekt topshirilgan, 29-avgust kuni esa yangilangan hujjatlar taqdim etildi.

Xitoy qimmatli qog‘ozlar regulyatori 27-avgust kuni Chery Auto’ga 699 million oddiy aksiyani xalqaro bozorda sotuvga chiqarishga ruxsat berdi. Bundan tashqari, 18 ta aksiyador jami 2,016 milliard dona ichki aksiyani xalqaro aylanmaga chiqaradi.

Chery Automobile kompaniyasi aksiyalari qayerda sotiladi / Foto: Bloomberg

Mutaxassislar Chery Auto uchun hozirgi vaziyatni qulay deb hisoblamoqda. Avtoanalitik Mey Songlinning ta’kidlashicha, kompaniya yangi energiya va aqlli texnologiyalarga yirik sarmoya kiritib kelmoqda, biroq kapital bozoridagi tajribasi yetarli emas. Uning fikricha, IPO Chery’ning eksportdagi yetakchiligini yanada kuchaytiradi.

Chery hozirda Xitoyning eng yirik ichki brendlari orasida IPO o‘tkazmagan yagona kompaniya hisoblanadi. Frost & Sullivan ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda u dunyo bo‘yicha 11-o‘rinda, Xitoy ichida esa ikkinchi eng yirik yo‘lovchi avtomobil ishlab chiqaruvchisi bo‘lgan.

Kompaniya 2003-yildan beri 22 yil ketma-ket Xitoyning eng yirik avtomobil eksportchisi sifatida yetakchilikni saqlab kelmoqda. 2025-yilning birinchi yarmida Chery Auto 1,26 million dona avtomobil sotib, o‘tgan yilga nisbatan 14,5 foizlik o‘sishga erishdi. Kunlik savdo hajmi qariyb 7 ming dona avtomobilni tashkil etib, kompaniya tarixida eng yuqori ko‘rsatkich qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Chery Xingtu ET5 avtomobili taqdim qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek