«G‘ishtdek baquvvat» Oukitel WP60 taqdim etildi

8-sentabr 2025 14:14 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Oukitel WP60
Oukitel WP60 taqdim etildi / Foto: Techradar

Oukitel kompaniyasi IFA 2025 ko‘rgazmasida yangi Oukitel WP60 smartfonini taqdim etdi. Bu haqda Techradar xabar bermoqda. Qurilma 7,2 dyuymli HD+ ekran, kuchli xotira va himoyalangan korpus bilan ajralib turadi.

WP60 hajmi 184 x 87 x 14,9 mm bo‘lib, dala sharoitlari, qurilish yoki ekspeditsiyalar uchun mo‘ljallangan. Model 8, 12 va 16 GB operativ xotira hamda 512 GB gacha doimiy xotira variantlarida taqdim etiladi. Smartfon Android 15.0 platformasida ishlaydi va MediaTek Dimensity 7025 protsessoriga ega.

Old kamera 32 MP, asosiy tizim esa 108 MP, 8 MP va 2 MP datchiklardan iborat. Bu turdagi kameralar odatda himoyalangan smartfonlarda kam uchraydi.

Batareya sig‘imi 10 000 mA/soat bo‘lib, 33 vatt tezkor quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu WP56 modelidagi 16 000 mA/soat akkumulyatordan kichikroq, ammo uzoq muddatli ishlashni ta’minlaydi.

WP60 tashqi ko‘rinishda WP8 Pro modelini eslatadi. Qurilma sariq, kulrang va kumush ranglarda chiqariladi. Shuningdek, u barmoq izi skaneri, NFC va giroskop bilan jihozlangan.

Yangi Oukitel WP60 2025-yil 15-oktabrdan sotuvga chiqariladi. Narx hozircha ma’lum emas.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Oukitel Samsung Galaxy S25 Ultra’ga o‘xshash arzon smartfonini taqdim etgani haqida yozgan edi.

Shuningdek