Motorola Edge 60 Neo smartfoni taqdim etildi

8-sentabr 2025 10:25 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Motorola
Foto: Motorola

Motorola tomonidan yangi Motorola Edge 60 Neo smartfoni namoyish qilindi. Bu haqda GSMArena nashri xabar bermoqda.

Model ixchamlikni xohlovchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, 6,36 dyuymli OLED ekrani 120 Hz yangilanish tezligiga ega.

Smartfon Dimensity 7400 protsessori, 12 GB tezkor xotira va 512 GB doimiy xotira bilan jihozlangan. 5000 mA/soat sig‘imli akkumulyator 68 vattli tezkor quvvat olishni qo‘llab-quvvatlaydi.

Kameralar to‘plami ham to‘liq: 50 MP Sony Lytia 700C asosiy kamera, 13 MP ultra keng burchakli modul va 10 MP uch martalik zoomli telefoto kamera mavjud.

Modelning asosiy afzalliklaridan biri himoya darajasi bo‘lib, qurilma IP68/IP69 standartlariga va harbiy sertifikat MIL-STD-810H talablariga javob beradi. Qalinligi 8 mm, og‘irligi esa 175 g.

Narx haqida hozircha ma’lumot berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Motorola Edge 60 Pro yangi rangda taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek