O‘zbekiston CAFA Nations Cup 2025 chempioni bo‘ldi

eʼlon qilindi
119-daqiqada urilgan yagona gol evaziga
O‘zbekiston CAFA Nations Cup 2025 chempioni bo‘ldi / Foto: O‘FA

O‘zbekiston terma jamoasi Eron ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, CAFA Nations Cup 2025 turnirining chempioniga aylandi. Bu haqda O‘FA ma’lum qildi.

Uchrashuv boshidan oxirigacha keskin kurash ruhida o‘tdi. Asosiy 90 daqiqa davomida ikkala jamoa ham faol hujumlar uyushtirganiga qaramay, hisob ochilmadi va durang natija qayd etildi.

Foto: O‘FA

Qo‘shimcha bo‘limlarda ham qarama-qarshilik davom etdi. Tomoshabinlar intiq bo‘lib kutgan gol uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida keldi. 119-daqiqada Hojiakbar Alijonov aniq zarbasi bilan raqib darvozasini ishg‘ol qilib, O‘zbekiston terma jamoasini oldinga olib chiqdi — 1:0.

Foto: O‘FA

So‘nggi daqiqalarda Eron terma jamoasi hisobni tenglashtirishga urinib ko‘rdi, biroq O‘zbekiston futbolchilari himoyada qat’iyat bilan harakat qilib, g‘alabani saqlab qoldi.

Video: O‘FA

Yakunda O‘zbekiston terma jamoasi 1:0 hisobida zafar qozonib, CAFA Nations Cup 2025 chempioni bo‘ldi.

Video: O‘FA

Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident FIFA rahbarini «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlagan edi.

Shuningdek