O‘zbekiston pasporti Henley reytingida 72-o‘ringa ko‘tarildi

eʼlon qilindi
O‘tgan oyda 74-o‘rinda edi
passport
Foto: Kursiv Uzbekistan

Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi ma’lumotlari asosida tuzilgan Henley Passport Index’ning 2025-yilgi natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston pasporti 72-pog‘onada qayd etildi. Bu haqda Henley Global saytida ma’lum qilindi.

Iyul oyidagi ushbu reyting ko‘rsatkichida O‘zbekiston olti pog‘ona yuqorilab, 74-o‘rinni qayd etgandi. Bu o‘rin o‘zbekistonlik fuqarolarga 62 davlatga vizasiz kirish huquqini beradi.

Reytingda eng kuchli pasport sifatida Singapur qayd etildi. Bu mamlakat fuqarolari 193 davlatga vizasiz sayohat qila oladi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni esa Yaponiya hamda Janubiy Koreya egalladi, pasport egalari 190 ta mamlakatga bemalol kira oladi.

Markaziy Osiyo mintaqasida Qozog‘iston yetakchi bo‘lib, 79 ta davlatga vizasiz kirish imkoniyatiga ega. Qirg‘iziston 71, Tojikiston 78, Turkmaniston esa 84-o‘rinni egallagan.

Reytingning eng quyi pog‘onalarida Afg‘oniston, Iroq va Suriya pasportlari qayd etilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan AQSh pasportlar reytingida kuchli o‘nlikdan chiqib ketish arafasida ekanligi haqida yozgandi.

Shuningdek