O‘zbekistonda yil boshidan beri ipoteka subsidiyalari uchun 1,3 trln so‘m ajratildi

eʼlon qilindi
410,6 mlrd so‘m uy-joy sotib olishdagi boshlang‘ich badalni qoplashga
Ko'chmas mulk
Foto: Property

Joriy yilning yanvar–avgust oylarida fuqarolarga jami 1,317 trln so‘m subsidiya to‘lab berilgan. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

Shundan 410,6 mlrd so‘m uy-joy sotib olishdagi boshlang‘ich badalni qoplashga (13 685 fuqaro), yana 906,3 mlrd so‘m ipoteka kreditlari bo‘yicha foiz to‘lovining bir qismini yopishga (79 435 fuqaro) yo‘naltirilgan.

Hududlar kesimida

Eng ko‘p subsidiya olgan viloyatlar qatorida Samarqand (12 193 fuqaro – 173,3 mlrd so‘m), Andijon (10 853 fuqaro – 157,1 mlrd so‘m) va Farg‘ona (10 565 fuqaro – 145 mlrd so‘m) yetakchilik qilmoqda.

Foto: Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Eng kam foydalanilgan hududlar esa Sirdaryo (1 954 fuqaro – 30,6 mlrd so‘m), Qoraqalpog‘iston (3 048 fuqaro – 45,2 mlrd so‘m) va Toshkent shahri (5 718 fuqaro – 81,9 mlrd so‘m) bo‘ldi.

Banklar kesimida

Davlat budjetidan moliyalashtirilgan subsidiya to‘lovlarini eng ko‘p ajratgan banklar — «O‘zmilliybank» (20 120 shartnoma – 295,2 mlrd so‘m), «Ipoteka-bank» (19 541 shartnoma – 248,6 mlrd so‘m) va «Biznesni rivojlantirish banki» (15 658 shartnoma – 224,3 mlrd so‘m).

Foto: Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Eng kam ajratganlar esa — «Trastbank» (15 shartnoma – 0,4 mlrd so‘m), «Asia Alliance Bank» (68 shartnoma – 1,2 mlrd so‘m) va «Turonbank» (1 412 shartnoma – 20,4 mlrd so‘m) hisoblanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Ipoteka krediti uchun subsidiyaga arizani qanday topshirish mumkinligi haqida qo‘llanmani taqdim etgandi.

Shuningdek