
Joriy yilning yanvar–avgust oylarida fuqarolarga jami 1,317 trln so‘m subsidiya to‘lab berilgan. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.
Shundan 410,6 mlrd so‘m uy-joy sotib olishdagi boshlang‘ich badalni qoplashga (13 685 fuqaro), yana 906,3 mlrd so‘m ipoteka kreditlari bo‘yicha foiz to‘lovining bir qismini yopishga (79 435 fuqaro) yo‘naltirilgan.
Hududlar kesimida
Eng ko‘p subsidiya olgan viloyatlar qatorida Samarqand (12 193 fuqaro – 173,3 mlrd so‘m), Andijon (10 853 fuqaro – 157,1 mlrd so‘m) va Farg‘ona (10 565 fuqaro – 145 mlrd so‘m) yetakchilik qilmoqda.

Eng kam foydalanilgan hududlar esa Sirdaryo (1 954 fuqaro – 30,6 mlrd so‘m), Qoraqalpog‘iston (3 048 fuqaro – 45,2 mlrd so‘m) va Toshkent shahri (5 718 fuqaro – 81,9 mlrd so‘m) bo‘ldi.
Banklar kesimida
Davlat budjetidan moliyalashtirilgan subsidiya to‘lovlarini eng ko‘p ajratgan banklar — «O‘zmilliybank» (20 120 shartnoma – 295,2 mlrd so‘m), «Ipoteka-bank» (19 541 shartnoma – 248,6 mlrd so‘m) va «Biznesni rivojlantirish banki» (15 658 shartnoma – 224,3 mlrd so‘m).

Eng kam ajratganlar esa — «Trastbank» (15 shartnoma – 0,4 mlrd so‘m), «Asia Alliance Bank» (68 shartnoma – 1,2 mlrd so‘m) va «Turonbank» (1 412 shartnoma – 20,4 mlrd so‘m) hisoblanadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Ipoteka krediti uchun subsidiyaga arizani qanday topshirish mumkinligi haqida qo‘llanmani taqdim etgandi.