Qirg‘iziston Yevropa osmoniga qaytishga hozirlanmoqda

Sadir Japarovning ta’kidlashicha, Qirg‘izistonni Yevropa Ittifoqining «qora ro‘yxati»dan chiqarish bo‘yicha muzokaralar yakuniy bosqichga kirgan, deb xabar beradi «Kabar» axborot agentligi.
Qayd etilishicha, Fuqaro aviatsiyasi agentligi delegatsiyasining Yevrokomissiya bilan muhim uchrashuvi 7-oktabr kuni Bryusselda bo‘lib o‘tadi, dekabr oyida esa yakuniy audit o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
«Biz qat’iy ishonamizki, 2006-yildan beri yopiq bo‘lgan Yevropa osmoni Qirg‘iziston uchun yana ochiladi. Bu esa mamlakatimiz Yevropadan millionlab sayyohlar uchun ochiq bo‘lishini anglatadi», — dedi prezident.
Bundan tashqari, 20-avgust kuni Qirg‘iziston va Xitoy Narın viloyati orqali yangi havo yo‘lagi bo‘yicha kelishuv imzoladi. 30-oktabrdan boshlab ushbu avialiniya ishga tushadi va u Kashgardan Markaziy Osiyo aeroportlariga masofani ikki baravar qisqartirib, mamlakatning tranzit imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi.
Shuningdek, «Narin» va «Kazarman» aeroportlari ishga tushirilishi bilan Qirg‘izistondagi barcha aeroportlar qayta tiklangani va faoliyatini boshlagani ham ma’lum qilindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Malayziya kompaniyasi O‘zbekistonda uchta quruqlik portini qurishi haqida xabar bergan edik.