Samsung Galaxy S25 Edge va Galaxy S25: qaysi biri yaxshiroq

8-sentabr 2025 11:35 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Samsung
Samsung Galaxy S25 Edge va Galaxy S25: qaysi biri yaxshiroq / Rasm ChatGPT yordamida yaratilgan

Samsung tomonidan yil boshida Samsung Galaxy S25 va Galaxy S25 Edge smartfonlari taqdim etildi. «Palach» nashri bu ikki smartfonni taqqosladi.

Dizayn va ergonomika

Samsung Galaxy S25 alyuminiy korpus va Gorilla Glass Victus 2 bilan himoyalangan. Vazni 162 g, qalinligi 7,2 mm bo‘lib, qo‘lda qulay turadi. Galaxy S25 Edge esa titandan yasalgan, Gorilla Glass Ceramic 2 oldi va Victus 2 orqa paneli bilan jihozlangan. Qalinligi atigi 5,8 mm, vazni 163 g. Har ikkisi IP68 himoyaga ega.

Foto: Android Faihful

Ekran

Galaxy S25 — 6,2 dyuymli Full HD+ Dynamic AMOLED 2X, 120 Hz, HDR10+ va 2600 nit yorqinlik. Galaxy S25 Edge esa kattaroq va aniqroq — 6,7 dyuymli 1.5K AMOLED 2X, 120 Hz, HDR10+ va 2600 nit. Edge yuqori ppi tufayli yanada tiniq tasvir beradi.

Ishlash samaradorligi

Foto: Inficity.az

Ikkalasi ham Snapdragon 8 Elite for Galaxy va 12 GB RAM bilan ta’minlangan. Kundalik ishlarda farq yo‘q, ammo uzoq o‘yinlarda Galaxy S25 issiqlikni yaxshi boshqaradi. Edge esa tezroq qizib, quvvatni pasaytiradi.

Kameralar

Samsung Galaxy S25 va Galaxy S25 Edge smartfonlari qanday kameraga ega / Foto: GSMArena

Samsung Galaxy S25 Edge — 200+12 MP asosiy kamera, 12 MP old kamera, 8K video. Galaxy S25 esa 50+10+12 MP uchlik modul, 12 MP old kamera va 3x optik zoomli telefoto bilan ajralib turadi. Edge fotosuratlari yanada rangli chiqadi, S25 esa portret va zumda kuchliroq.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan eng yaxshi batareyaga ega Samsung smartfonlari haqida yozgan edi.

Shuningdek