Samsung Galaxy S26 Pro va S26 Edge kameralariga oid yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi

8-sentabr 2025 09:29 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Samsung Galaxy S26 Pro va S26 Edge
Samsung Galaxy S26 Pro va S26 Edge kameralariga oid yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi / Foto: Sammobile

Samsung’ning navbatdagi flagmanlari haqida yangi tafsilotlar oshkor bo‘ldi. Samsung Galaxy S26 Pro va Galaxy S26 Edge smartfonlari Galaxy S25 Ultra’dagi kabi 50 MP ultra keng burchakli kamera bilan jihozlanadi.

Bu modulda avtofokus ham bo‘ladi. Galaxy S26 Edge, shuningdek, 200 MP asosiy kameraga ega bo‘lishi kutilmoqda. Galaxy S26 Pro kameralarining boshqa parametrlari hozircha oshkor etilmadi.

Avvalroq ma’lum bo‘lishicha, Galaxy S26 Ultra 200 MP asosiy kamera, 50 MP ultra keng burchakli kamera, 12 MP modul va 3x optik zoomli telefoto, shuningdek, 50 MP sensorli 5x optik zoomli telefoto kameralar bilan taqdim etiladi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, S26 seriyasining barcha modellari Galaxy S25’dagi kabi 12 MP old kamera bilan chiqadi. Bu esa barcha kameralar yordamida 4K 60fps va asosiy hamda ultra keng burchakli linzalarda 8K 30fps video olish imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan eng yaxshi batareyaga ega Samsung smartfonlari haqida yozgan edi.

Shuningdek