Surxondaryoda 50 million dollarlik Obi hayot park majmuasi qurilishi boshlandi

eʼlon qilindi
Loyiha 20 gektar maydonda amalga oshiriladi
Surxondaryoda 50 million dollarlik «Obi hayot park» qurilishi boshlandi. Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida $50 million qiymatidagi «Obi hayot park» majmuasi qurilishi boshlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Loyiha 20 gektar maydonda amalga oshiriladi. Bu yerda turar va noturar obyektlar, ko‘p qavatli uy-joylar, 250 o‘rinli ikkita mehmonxona, restoran va kafelar, fitnes klublar, ko‘ngilochar maskanlar hamda tun-u kun faoliyat yuritadigan turizm ko‘chalari barpo etilishi rejalashtirilgan.

Qurilish jarayonida daryoning tabiiy oqimi saqlanadi, xavfsizlik talablari ta’minlanadi, qirg‘oqlar mustahkamlanadi, ko‘priklar va boshqa infratuzilma obyektlari quriladi.

Loyiha hududning shaharsozlik qiyofasini yaxshilab, yangi ish o‘rinlari yaratadi va aholi turmush darajasini oshirishga xizmat qiladi. Tamal toshi qo‘yish marosimida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, nuroniylar, faollar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Bundan tashqari, bugungi kunda Jizzax viloyatining Arnasoy tumanida Aydar-Arnasoy yangi ekoturizm maskani barpo etilmoqda. Maskan tarkibida ekologik mehmon uylari, velosiped va piyoda yo‘laklari, shuningdek, tabiatni asrashga xizmat qiluvchi axborot markazi quriladi.

Qurilish ishlariga 60 dan ortiq texnika va 190 nafardan ziyod ishchilar jalb etilgan. Ushbu maskan joriy yilning noyabrida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Bu yerda quyosh panellari, yomg‘ir suvini yig‘ish tizimlari hamda chiqindilarni saralash punktlari kabi ekologik infratuzilmalar ham o‘rnatiladi.

Shuningdek