Porsche tarixidagi eng kuchli 911 Turbo S avtomobili rasman taqdim etildi

8-sentabr 2025 10:17 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Porsche
Tarixdagi eng qudratli Porsche 911 Turbo S 2026 taqdim etildi / Foto: Porsche

Porsche Myunxen avtosalonida yangi Porsche 911 Turbo S (992.2) modelini namoyish qildi. Bu haqda ITHome xabar bermoqda.

Ushbu model tarixdagi eng kuchli Porsche 911 bo‘lib, 701 ot kuchiga ega T-Hybrid tizimi bilan jihozlangan. Avtomobil 96 km/soat tezlikka atigi 2,4 soniyada chiqadi. Nürburgring trassasida u avvalgisidan 14 soniya tezroq aylanish ko‘rsatgan.

Foto: Porsche

Model Carrera GTS’dagi kabi T-Hybrid tizimidan foydalanadi. Old qismida 1,9 kVt·soatlik akkumulyator joylashgan, uzatmalar qutisi bilan dvigatel orasiga elektromotor o‘rnatilgan. Avvalgi GTS’dagi bitta elektr turboga qarshi yangi Turbo S ikkita elektr turbokompressor bilan kelmoqda.

Foto: Porsche

Quvvat 6750 – 7000 aylanishda 701 ot kuchiga yetadi, maksimal moment esa 800 Nm bo‘lib, 2300 – 6000 aylanish oralig‘ida barqaror saqlanadi. Bu avvalgi Turbo S’dan 61 ot kuchi kuchliroq qiladi.

Avtomobil to‘liq tortuv tizimi, yangi Porsche Dynamic Chassis Control (PDCC), 420/409 mm karbon-keramika tormoz disklariga ega. Titanli sport chiqindi tizimi ham standart.

Foto: Porsche

Orqa shinalar kengligi 325/30 R21 gacha kengaytirilgan, old shinalar 255/30 R20. Aerodinamika ham yangilangan. Faol panjurlar, old diffuzor, spoyler va splitter yordamida qarshilik koeffitsiyenti 10 foiz kamaygan.

Foto: Porsche

Tashqi ko‘rinishda esa yangi Turbonite rangida maxsus detallar va yangi disklar qo‘llangan. Bu model Porsche 911 tarixidagi eng ilg‘or va kuchli Turbo S sifatida taqdim etildi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Porsche yangi Cayenne Electric modelining ilk suratlarini namoyish etgani haqida yozgan edi.

Shuningdek