Toshkent shahrida eng ko‘p avariya Yunusobod tumanida sodir bo‘lgan
eʼlon qilindi
Eng kam ko‘rsatkich Yangihayot tumanida

Yanvar – avgust oylarida Toshkent shahrida 4 350 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani ma’lum qilindi. Statistik ma’lumotlar Open Data Toshkent portalida e’lon qilingan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga (5 ming 8 ta) nisbatan 13 foizga kamaygan.
Eng ko‘p avariya qayd etilgan hududlar:
- Yunusobod — 561 ta,
- Chilonzor — 555 ta,
- Yashnobod — 554 ta,
- Mirzo Ulug‘bek — 475 ta,
- Shayxontohur — 363 ta.
Eng kam hodisalar kuzatilgan tumanlar:
- Yangihayot — 205 ta,
- Yakkasaroy — 210 ta,
- Bektemir — 217 ta.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Angrenda yirik yo‘l-transport hodisasida 7 kishi halok bo‘lgani haqida yozgandi.