Toshkentda issiqlik tarmoqlari bosqichma-bosqich sinovdan o‘tkaziladi — ro‘yxat
eʼlon qilindi
9-sentabrdan 26-sentabrgacha

Foto: Gorodplus.com
Toshkent shahrida shu yilning 9-sentabridan 26-sentabrigacha issiqlik tarmoqlarini mustahkamlik va zichlikka sinovdan o‘tkazish ishlari amalga oshiriladi. Bu haqda Veolia Energy Tashkent xabar berdi.
Bu jarayon quvurlarda nosozliklarni aniqlash, ularni bartaraf etish va qish mavsumida aholiga barqaror issiqlik hamda issiq suv yetkazib berishni ta’minlashga xizmat qiladi.
Sinovlar mutaxassislar nazorati ostida, tasdiqlangan jadval asosida o‘tkaziladi. Ishlar, asosan, tungi soatlarda (00:00 – 06:00) bajariladi. Issiqlik punktlari vaqtinchalik o‘chiriladi, ammo issiq suv ta’minoti cheklanmaydi.
Jadval (asosiy va rezerv sanalar):
Sana (asosiy) | Sana (rezerv) | Hudud/IM |
---|---|---|
9-sentabr | 24-sentabr | 7-IM – Qorasuv, Beshariq, Birlashgan, Elbek, Asalobod, Quruvchilar, Uysozlar, Parkent, Cho‘lpon, Alimkent ko‘chalari, Ohangaron shossesi, Tuzel-1÷4, Aviasozlar shaharchasi |
9-sentabr | 24-sentabr | ToshIEM (M-0) – Sharof Rashidov, Bobur, Shota Rustaveli, Glinka, Bog‘ibo‘ston, Arnasoy, Katta Chilonzor, Afrosiyob, Oybek, Mirobod va boshqalar |
10-sentabr | 17-sentabr | 1-IM (M-1,4) – Mustaqillik shoh ko‘chasi, Mirzo Ulug‘bek, Buyuk Ipak yo‘li, Qori Niyoziy, ToshGRES posyolkasi va boshqalar |
10-sentabr | 17-sentabr | 10-IM – Beltepa, Forobiy, Mirzo G‘olib, Universitet, Qoraqamish, O‘zMU, ToshDTU hududlari |
11-sentabr | 18-sentabr | 4-IM (M-4,8) – Amir Temur shoh ko‘chasi, Ahmad Donish, Shahriston, Yangi Yunusobod, Yunusobod dahasi 1÷19 |
11-sentabr | 19-sentabr | 3-IM (M-1,4) – Bunyodkor shoh ko‘chasi, Navoiy, Beruniy, Afrosiyob, Samarqand Darvoza, Chorsu va boshqalar |
12-sentabr | 26-sentabr | ToshIEM (M-5,8) – Amir Temur, Mustaqillik, Navoiy, Bobur, Buyuk Turon, Istiqbol, Islom Karimov, Uchuvchilar shaharchasi va boshqalar |
18-sentabr | 25-sentabr | 5-IM (M-0,4) – Zargarliq, Lutfiy, Guliston, Farhod, Cho‘ponota, Chilonzor dahasi 5÷12, 16÷20, 24÷26 va boshqalar |
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentda issiq suv ta’minoti reja bo‘yicha o‘chirilishi haqida yozgandi.