Toshkentda yapon tili va kasb-hunarga o‘qitish markazi ochiladi

eʼlon qilindi
Onodera User Run kompaniyasi
Toshkentda yapon tili va kasb-hunarga o‘qitish markazi ochiladi. Foto: ijtimoiy tarmoq

Toshkentda yapon tili va kasb-hunarga o‘qitish markazi ochiladi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston elchisi Muhsinxo‘ja Abdurahmonov Onodera User Run kompaniyasi rahbariyati bilan muzokara o‘tkazgan.

Kompaniya bugungi kunda o‘zbekistonlik yoshlarga yapon tili va tegishli kasblarni o‘rgatishga qaratilgan loyihani amalga oshirmoqda. Xususan, mazkur kompaniya tomonidan Toshkent shahrida o‘quv markaz faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda.

Ta’lim jarayonida haydovchilik, qariyalarni parvarishlash hamda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish kabi yo‘nalishlarga e’tibor qaratiladi. O‘quv kursini muvaffaqiyatli tugatganlar Yaponiyada ish bilan ta’minlanadi. Loyiha O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlik doirasida amalga oshirilmoqda.

Bundan avval O‘zbekiston – Yaponiya markazi faoliyatini kengaytirish va qo‘shma universitet tashkil etish tashabbusi qo‘llab-quvvatlangandi. Shuningdek, Yapponiyaning Sojitz Corporation prezidenti Kosuke Uemura Toshkentda yangi xalqaro aeroport qurilishiga $200 mln sarmoya kiritishini ma’lum qilgandi.

Unga ko‘ra, loyiha hamkorlar bilan birgalikda amalga oshirilmoqda. 2024-yil iyulida Sojitz Toshkentda o‘z vakolatxonasini ochgan, yaqinda esa Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan energetika, sog‘liqni saqlash, infratuzilma va boshqa yo‘nalishlardagi loyihalarni qamrab oluvchi «Yo‘l xaritasi»ni imzolagan.

Shuningdek