
Myunxen avtosalonida yangi Volkswagen ID. Cross elektromobilining premeriyasini o‘tkazildi. Bu haqda RG xabar bermoqda.
Model MEB platformasida ishlab chiqilgan bo‘lib, 2026-yilda MEB+ arxitekturasidan olingan yangi dasturiy ta’minot bilan yangilanadi. Bu kichik krossoverga zamonaviy texnologiyalarni qo‘shish imkonini beradi.

O‘lchamlari Volkswagen T-Cross’ga yaqin: uzunligi 4161 mm, kengligi 1839 mm, g‘ildirak bazasi 2601 mm. Avtomobil 211 ot kuchiga ega elektromotor va old g‘ildirakdan tortuv tizimi bilan jihozlangan. Bir quvvatlanishda 420 km yo‘l bosishi mumkin. Tormoz tizimi bilan jihozlangan holda 1,2 tonnagacha yukni tortishga ham qodir.

Seriyali ishlab chiqarish 2026-yil yozida boshlanadi. Volkswagen ID. Cross brendning eng arzon elektromobili sifatida ommaviy bozorga yo‘naltirilgan.
Kelgusida shu kabi modellar Skoda va Seat brendlari ostida ham taqdim etilishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Volkswagen Lamando L 2025 avtomobili taqdim etilgani haqida yozgan edi.