Xojikent — Toshkent yo‘nalishi poyezdi jadvaliga o‘zgarish kiritildi

eʼlon qilindi
6442-sonli elektropoyezd harakatiga
poyezd
«Xojikent — Toshkent» poyezdi jadvaliga o‘zgarish kiritildi. Foto: Sapura Temirxanova / Kursiv Uzbekistan

2025-yil 9-sentabrdan boshlab texnik sabablarga ko‘ra, 6442-sonli Xojikent — Toshkent janubiy yo‘nalishidagi poyezd jadvaliga o‘zgarish kiritildi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» matbuot xizmati xabar berdi.

Endi poyezd Xojikent bekatidan Toshkent markaziy bekatigacha amaldagi jadval asosida harakatlanadi. Shundan so‘ng Toshkent janubiy bekatiga soat 07:45 da yetib keladi.

Hozirgi vaqtda 6442-sonli elektropoyezd Xojikentdan 05:20 da chiqib, Toshkent janubiy bekatiga soat 07:53 da yetib keladi.

Shuningdek, ushbu yo‘nalishda joriy yil 22-yanvar kunidan Chinorkentda yangi temir yoʻl bekati faoliyat boshlagandi. Bekat Xoʻjikentdan shahar atrofidagi qatnovlarni yaxshilash maqsadida qurilgan. Loyihaga koʻra, uzunligi 1,5 kilometr boʻlgan bir izli temir yoʻl tarmogʻi barpo etilib, foydalanishga topshirildi.

Eslatib oʻtamiz, Toshkent – Xojikent – Toshkent yoʻnalishidagi tezyurar elektropoyezdda chipta narxi umumiy 20 ming soʻmni, bolalar uchun esa 11,5 ming soʻmni tashkil etadi. Eski qatnovdagi elektropoyezdda esa chiptalar narxi 10 ming soʻm.

Shuningdek