Yangilangan Changan Eado taqdim etildi

8-sentabr 2025 08:56 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Yangilangan Changan Eado taqdim etildi / Foto: Autohome

Changan o‘zining Eado sedanining yangilangan versiyasini namoyish qildi. Bu haqda Autohome nashri ma’lum qildi.

Foto: Autohome

Mashina tashqi va ichki ko‘rinishda sezilarli o‘zgarishlarga ega bo‘ldi: qayta ishlangan old qism, kattalashtirilgan g‘ildirak bazasi va boyitilgan jihozlar.

Foto: Autohome

Sedan yangi yoritish tizimi, qayta ishlab chiqilgan bamper va uchta yangi rang bilan taqdim etildi. Avtomobil 18 dyuymli disklar bilan jihozlangan. O‘lchamlari – 4785 x 1840 x 1440 mm, g‘ildirak bazasi esa 15 mm ga uzayib, 2765 mm ni tashkil etdi.

Foto: Autohome

Salonda 10,25 dyuymli asboblar paneli ekrani, uch shoxli ikki rangli ko‘p funksiyali rul, 14,6 dyuymli ekranli mediasistema va DeepSeek sun’iy intellekti, shuningdek, smartfonlar uchun simsiz zaryadlovchi mavjud.

Foto: Autohome

Avtomobil isitish va shamollatish funksiyali o‘rindiqlar (haydovchi kreslosi elektr sozlamali), 8 dinamikli audiosistema, 256 rangli atmosfera yoritilishi, panoramali tom, adaptiv kruiz-nazorat va turli haydovchiga yordamchi tizimlar bilan ta’minlangan.

Foto: Autohome

Kelajakda Changan Eado gibrid versiyada ham chiqarilishi rejalashtirilgan, ammo hozircha 1,5 litrli, 192 ot kuchiga ega benzinli dvigatel va 7 pog‘onali robotlashtirilgan uzatmalar qutisi bilan taqdim etildi. Avtomobil 0 dan 100 km/soatgacha 8 soniyada tezlashadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Changan Uni-Z 2025 taqdim etilgan edi.

Shuningdek