Yaponiya bosh vaziri Ishiba iste’foga chiqdi

eʼlon qilindi
Saylovlardagi mag‘lubiyatidan so‘ng
Yaponiya bosh vaziri Ishiba iste’foga chiqdi / Foto: Inbusiness

Yaponiya bosh vaziri Shigeru Ishiba yakshanba kuni iste’fo e’lon qildi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

68 yoshli siyosatchi hokimiyatga kelganiga bir yildan kam vaqt o‘tganida, iyul oyidagi yuqori palata saylovi va oldingi saylovlardagi natijalar sababli javobgarlikni zimmasiga olishini bildirdi. Ishiba iste’foni AQSh bilan tariflarni pasaytirish bo‘yicha savdo bitimini yakunlashidan so‘ng amalga oshirdi.

Ishiba boshqaruvi davrida hukmron Liberal-demokratik partiya parlamentning ikkala palatasida ko‘pchilikni yo‘qotdi. Bu aholining yashash xarajatlaridan norozi bo‘lishi bilan bog‘lan. U partiyaga favqulodda rahbarlik saylovi o‘tkazishni topshirdi va merosxo‘ri saylanguncha vazifasini davom ettiradi.

Siyosiy notinchlik xalqaro bozorlar va yapon iyenasiga ham bosim o‘tkazdi — 30 yillik davlat obligatsiyalarining rentabelligi rekord darajaga chiqdi. Yangi LDP yetakchisi kim bo‘lishidan qat’iy nazar, u parlamentdan tasdiq olib, hokimiyat va o‘z vakolatini mustahkamlash uchun erta saylov e’lon qilishi mumkin. Ichki va xalqaro muammolar ortib borayotgan bir paytda biznes hamjamiyati va fuqarolar tez va barqaror yechim kutmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tailandga yangi bosh vazir saylangan edi.

Shuningdek