2026-yil 1-yanvardan Vakolat.uz platformasi ishga tushiriladi

eʼlon qilindi
Prezident farmoni bilan
2026-yil 1-yanvardan Vakolat.uz platformasi ishga tushiriladi. Foto: digital design

Prezident farmoni bilan 2026-yil 1-yanvardan «Vakolat.uz» platformasi faoliyat boshlaydi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Ushbu platforma orqali davlat xizmatlaridan foydalanish va ularning natijalarini olish bo‘yicha boshqa shaxslarga ishonchnoma rasmiylashtirish, yuridik shaxslar tomonidan rasmiylashtirilgan ishonchnomalarni ixtiyoriy ro‘yxatdan o‘tkazish hamda barcha turdagi ishonchnomalar haqiqiyligini onlayn tekshirish imkoniyati yaratiladi.

Platformadan foydalanish mutlaqo bepul bo‘ladi. Shu sanadan boshlab davlat xizmatlari yagona reyestri Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan «Davlat xizmatlari» avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimida yuritiladi.

Har bir davlat xizmati uchun raqamli pasport shakllantiriladi va uni yagona reyestrga kiritish normativ-huquqiy hujjat asosida amalga oshiriladi.

Shuningdek, farmon asosida 2028-yilgacha Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) va davlat xizmatlari markazlari orqali taqdim etiladigan xizmatlar soni 900 taga yetkazilishi rejalashtirilgan. Proaktiv xizmatlar soni 53 taga, kompozit xizmatlar esa 74 taga ko‘paytiriladi.

Shuningdek