Andijonda tuman hokimining ikki o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Holatlar bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi
Hokim pora bilan ushlandi
Andijonda tumani hokimining ikki o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi / Foto: Inbusiness

Andijon viloyatida Bo‘ston tumani hokimining ikki o‘rinbosari fermer xo‘jaligidan 65 mln so‘m pora talab qilgani aniqlandi. Bu haqda DXX matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, o‘rinbosarlardan biri 25 mln so‘mni avans sifatida olgan, qolgan qismini olish jarayonida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Toshkent shahrida ikki shaxs Sergeli tumanidagi yer maydoni toifasini o‘zgartirib, ko‘p qavatli uy-joy qurilishiga ruxsat berish evaziga $900 ming talab qilgan. Ulardan 220 ming dollarni olgan vaqtida ushlandi.

Qashqadaryo viloyatida esa «Vatanparvar» tashkiloti rahbar o‘rinbosari imtihonsiz haydovchilik guvohnomasi berib qo‘yish uchun 20 mln so‘m pora olgan paytda qo‘lga olindi.

Barcha holatlar bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, ayblanuvchilarga nisbatan «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llandi. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistondan «Regapen» dori vositasini olib kirgan shaxslar ushlangan edi.

Shuningdek