Banklardagi avtokreditlarning o‘rtacha foiz stavkasi o‘zgarishsiz qoldi

eʼlon qilindi
Mikroqarzlar bo‘yicha 35,3%, avtokreditlarda esa 23,7%
YeTTB
Banklardagi mikroqarz va avtokreditlarning so‘nggi 10 ish kuni bo‘yicha foiz stavkalari. Foto: andrewlobrovyi / www.depositphotos.com

8-sentabr holatiga ko‘ra, tijorat banklarida amal qilayotgan mikroqarz va avtokreditlarning so‘nggi 10 ish kuni bo‘yicha foiz stavkalari e’lon qilindi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

Mamlakatdagi tijorat banklari tomonidan taqdim etilayotgan mikroqarzlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 0,6 foizga pasayib, 35,3 foizni tashkil etmoqda. Shundan jismoniy shaxslarga ajratilayotgan kreditlarning (mikroqarzlardan tashqari) o‘rtacha foiz stavkasi 23,7 foizni, yuridik shaxslar ulushi esa 23,1 foizni ko‘rsatmoqda.

1-sentabr holatiga ko‘ra, mikroqarzlarning o‘rtacha foiz stavkasi 36,1 foizni tashkil etgandi.

Eng yuqori foiz stavkasi quyidagi banklarda qayd etilgan:

  • «TBC bank» – 42,5%;
  • «Anor bank» – 41,2%;
  • «Tenge bank» – 39,7%;
  • «Ipoteka bank» – 37%;
  • «Apex bank» – 35,9%.
Foto: Markaziy bank

Eng past mikroqarz foiz stavkalari quyidagi banklarda:

  • «Aloqabank» – 22,7%;
  • «OFB» – 26,1%;
  • «NBU» – 26,1%;
  • «Trast bank» – 26,1%;
  • «Asaka bank» – 27%.

Avtokreditlar

Avtomobil xaridi uchun ajratilayotgan kreditlar bo‘yicha esa o‘rtacha yillik foiz stavkasi 23,7 foizda o‘zgarishsiz qolgan. Shundan jismoniy shaxslarga ajratilayotgan kreditlarning (mikroqarzlardan tashqari) o‘rtacha foiz stavkasi 23,7 foizni, yuridik shaxslar ulushi esa 23,1 foizni ko‘rsatmoqda.

1-sentabr holatiga ko‘ra, avtokreditlarning o‘rtacha foiz stavkasi 23,8 foizni tashkil etgandi.

Eng past avtokredit stavkalari quyidagi banklarda kuzatilmoqda:

  • «Garant bank» – 19,3%;
  • «Ipoteka bank» – 20,1%;
  • «OFB» –21,7%;
  • «BRB» – 22%;
  • «SQB» –22%.
Foto: Markaziy bank

Eng yuqori avtokredit stavkasi:

  • «Infinbank» – 28%;
  • «Madad Invest bank» –27,9%;
  • «Hamkor bank» – 27,8%;
  • «Xalq banki» – 27%;
  • «Trast bank» – 26,7%.

Markaziy bank izohiga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqaruvchilar yoki dilerlar bilan hamkorlik asosida beriladigan kreditlarda foiz stavkalari pastroq bo‘lishi mumkin. Shuningdek, avtokreditlar bo‘yicha stavkalar avtomobil turi, yoshi, boshlang‘ich badal miqdori va boshqa shartlarga qarab farq qiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 1-sentabr holatiga ko‘ra, tijorat banklarida amal qilayotgan mikroqarz va avtokreditlarning so‘nggi 10 ish kuni bo‘yicha foiz stavkalari e’lon qilingani haqida yozgandi.

Shuningdek