Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi yo‘l uch kunga yopiladi
eʼlon qilindi
soat 08:00 dan 15:00 gacha

9 – 11-sentabr kunlari Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida velosport bo‘yicha respublika turniri bo‘lib o‘tishi munosabati bilan yo‘lning bir qismi vaqtincha yopiladi. Bu haqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Unga ko‘ra, uch kun davomida soat 08:00 dan 15:00 gacha D012 Bektemir — Chorbog‘ avtomobil yo‘lining 34-kilometridan (Chirchiq shahar kirish qismi — Platina) 54-kilometrigacha (Oqsoqota MFY, Fayz kafesi) bo‘lgan qismida transport harakati cheklanadi.
Bo‘stonliq tomon yo‘l oladigan haydovchilar Chirchiq shahri orqali yoki Qoramamas hamda Qo‘shqo‘rg‘on mahallalari orqali harakatlanishlari mumkin bo‘ladi.
Avvalroq «Kursiv» nashri «Yangi O‘zbekiston» bog‘i vaqtincha yopilgani haqida yozgandi.