Yangiliklar

Fransiya parlamenti bosh vazir Fransua Bayruni iste’foga chiqardi

To‘qqiz oylik faoliyatidan so‘ng
Fransiya parlamenti bosh vazir Fransua Bayruni iste’foga chiqardi / Foto: DW

Fransiya parlamenti bosh vazir Fransua Bayruga qarshi 364 deputat ovozi bilan iste’foga chiqardi. 194 deputat esa vazirga tarafdor sifatida ovoz berdi, deya xabar bermoqda CNN.

Bayru ilgari surgan 44 mlrd yevrolik tejamkorlik rejasi parlamentda qattiq norozilik uyg‘otgan edi. Endi prezident Emmanuel Makron yaqin kunlarda yangi bosh vazirni tayinlashi kutilmoqda.

Mamlakatda siyosiy beqarorlik ortar ekan, iqtisodiy bosim kuchaymoqda. Fransiya obligatsiyalari rentabelligi keskin ko‘tarildi, reyting pasayishi esa qo‘shimcha xavf tug‘dirmoqda. So‘lchilar xalqni norozilikka chorlamoqda.

Mutaxassislarning fikricha, siyosiy parokandalik fonida Fransiyada barqaror hukumat shakllanishi yaqin orada kutilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiya bosh vaziri Ishiba iste’foga chiqqan edi.