Isroil Dohada Hamas yetakchilari joylashgan hududga zarba berdi

eʼlon qilindi
Isroil tomoniga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp bunga ruxsat bergan
Isroil Dohada Hamas yetakchilari joylashgan hududga zarba berdi / Foto: X

9 sentabr kuni Qatar poytaxti Dohada bir nechta portlashlar sodir bo‘ldi. Isroil armiyasi bu hujum Hamasning yuqori rahbariyatiga qarshi aniq zarba bo‘lganini ma’lum qildi, deya yozmoqda Reuters.

Foto: X

Guvohlarning xabariga ko‘ra, Katara hududida tutun ko‘tarilgan. Isroil OAVlari hujum Hamasning G‘azodagi rahbari Xalil al-Hayya va boshqa muzokarachilarni nishonga olganini yozmoqda.

Video: Ijtimoiy tarmoq
Video: Ijtimoiy tarmoq
Video: Ijtimoiy tarmoq

Qatar TIV vakili Majid Al Ansari buni «xalqaro qonun va me’yorlarning ochiq-oydin buzilishi» deya qoraladi va tergov o‘tkazishga chaqirdi. Eron ham hujumni xavfli va xalqaro huquqni buzuvchi harakat sifatida baholadi. AQShning Dohadagi elchixonasi esa amerikalik fuqarolarga joyida qolish buyrug‘ini berdi.

Foto: X

Isroilning aytishicha, hujum paytida tinch aholiga zarar yetkazmaslik uchun choralar ko‘rilgan. Shu bilan birga, Isroil tomoni AQSh prezidenti Donald Trampdan bu operatsiyaga «yashil chiroq» olinganini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, sal avvalroq Qatar bosh vaziri Shayx Muhammad bin Abdulrahmon Al-Tani Dohada Hamas bosh muzokarachisi Xalil al-Hayya bilan uchrashib, AQShning yangi o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifini muhokama qilgan edi.

Shuningdek