Leapmotor B10 Yevropada taqdim etildi

9-sentabr 2025 17:54 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir a.muhammadov@kursiv.media
Leapmotor B10
Leapmotor B10 Yevropada taqdim etildi / Foto: Leapmotor

9-sentabr kuni Xitoyning Leapmotor kompaniyasi o‘zining yangi Leapmotor B10 modeli bilan Yevropa bozoriga chiqdi. Model allaqachon Italiya, Fransiya va Germaniya kabi mamlakatlarda sotuvga qo‘yilgan. Bu haqda ITHome nashri ma’lum qildi.

Uch xil konfiguratsiya taklif qilinmoqda:

  • B10 Pro Lifestyle Edition – 56,2 kVt·soat LFP batareya, 160 kVt (218 ot kuchi) quvvat. Narxi 29,900 yevro (taxminan 250 ming yuan).
  • B10 Pro Max Lifestyle Edition – 67,1 kVt·soat LFP batareya, 160 kVt quvvat. Narxi 32,400 yevro (271 ming yuan).
  • B10 Pro Max Designer Edition – yuqoridagi konfiguratsiyaga ega, narxi 33,900 yevro (284 ming yuan).

Texnik va funksional imkoniyatlar

Leapmotor B10 o‘z sinfida yagona LiDAR hamda 8650 chip bilan jihozlangan model sifatida taqdim etilmoqda. Bu avtomobil avtomatik boshqaruvni shahar va avtomagistral yo‘llarda qo‘llab-quvvatlaydi.

Salon dizayni ham innovatsion: magic expansion port orqali qo‘shimcha stollar, telefon ushlagichlar kabi moslamalarni o‘rnatish mumkin. Markaziy orqa qo‘ltiq qismi esa ko‘p maqsadli «open island» dizaynida yaratilgan.

Avtomobil o‘lchamlari: uzunligi 4515 mm, eni 1885 mm, balandligi 1655 mm, g‘ildirak bazasi 2735 mm. Ikki xil elektromotor varianti mavjud – 132 kVt va 160 kVt.

Ichki qismida yangi 8295 chipli aqlli kokpit ishlatiladi, ovozli yordamchi esa bulutli modelga ulanadi. Mashina shassisi Leapmotor va Stellantis Group Maserati jamoasi tomonidan sozlangan, interyer esa shaxsiylashtirish imkoniyatiga ega.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Leapmotor aksiyalari yil boshidan buyon ikki baravarga oshgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek