Nepalda namoyishlar: bosh vazir Oli iste’foga chiqdi, kamida 19 kishi halok bo‘ldi

eʼlon qilindi
Yuzdan ortiq odam jarohatlandi
Nepalda namoyishlar: bosh vazir Oli iste’foga chiqdi, kamida 19 kishi halok bo‘ldi / Foto: Navesh Chitrakar / Reuters

Nepal poytaxti Katmanduda ijtimoiy tarmoqlarga qo‘yilgan taqiq va korrupsiyaga qarshi namoyishlarda kamida 19 kishi halok bo‘lib, yuzdan ortig‘i jarohatlandi. Voqealar ortidan bosh vazir KP Sharma Oli iste’foga chiqishga majbur bo‘ldi, deya xabar bermoqda Reuters.

Foto: Navesh Chitrakar / Reuters

Noroziliklar hukumat tomonidan bir qator ijtimoiy platformalarni mahalliy ro‘yxatdan o‘tmagani uchun bloklash to‘g‘risidagi qarori ortidan boshlandi. Ta’qiq kuchaygach, namoyishlar kengayib, hukumat oxir-oqibat taqiqlarni bekor qildi. Ammo bu tartibsizlikni to‘xtata olmadi.

Foto: Navesh Chitrakar / Reuters

Namoyishchilar parlament binosiga hujum qilishga harakat qilgan va politsiya ko‘zni yoshlantiruvchi gaz hamda rezina o‘qlar qo‘llashga majbur bo‘lgan. Ba’zi zonalarda namoyishchilar hukumat idoralariga, xususan Singha Durbar (parlament va vazirliklar majmuasi)ga ham o‘t qo‘yganlari, siyosatchilarning uylari vayron qilinganlari haqidagi xabarlar tarqaldi.

Foto: Navesh Chitrakar / Reuters

Bosh vazir Oli prezidentga iste’fo xatini yo‘llab, konstitutsiyaviy yo‘l bilan muammoni hal etish maqsadida bugundan iste’fo qilganini ma’lum qildi; prezident yangi yetakchi tanlash jarayonini boshladi. Bir qancha vazirlar avvalroq axloqiy sabablarga ko‘ra iste’fo bergan.

Foto: Navesh Chitrakar / Reuters

Katmandu aeroporti xavfsizlik sababli vaqtincha yopildi, namoyishlar mamlakatning boshqa hududlariga ham tarqaldi. Poytaxtda komendantlik soati e’lon qilindi. Voqea mamlakatni yangi siyosiy noaniqlikka boshlab kirdi va «Gen Z» (Z avlod yoshlari) yetakchiligidagi noroziliklar deb atalmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiya parlamenti bosh vazirni iste’foga chiqargan edi

Shuningdek