
1-dekabrdan nikohni rasmiylashtirishda fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari (FHDYO) tomonidan nikohlanayotgan shaxslardan tibbiy ko‘rik natijalarini talab qilish amaliyoti bekor qilinadi. Bu haqda prezident farmoni qabul qilindi.
Farmon asosida 2028-yilgacha Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) va davlat xizmatlari markazlari orqali taqdim etiladigan xizmatlar soni 900 taga yetkazilishi rejalashtirilgan. Proaktiv xizmatlar soni 53 taga, kompozit xizmatlar esa 74 taga ko‘paytiriladi.
Shuningdek, sud qarori asosida nikohdan ajratilganda, ajrim qayd etilishi uchun sud qarorini FHDY organlariga topshirish talabi ham tugatiladi.
Avtotransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazishda esa guvohnomada mulkdorning manzilini ko‘rsatish majburiyati bekor qilinadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 1-oktabrdan chiroyli avtoraqamlar savdosi to‘xtatilishi haqida yozgandi.