
Oppo kompaniyasi yangi Oppo Find X9 smartfoni haqida rasmiy suratlarni taqdim etdi. Bu haqda Gizmochina ma’lum qildi.
Find seriyasi rahbari Chjou Ibao ma’lum qilishicha, yangi model avvalgi Find X8 va Find X8s g‘oyalarining davomchisi bo‘ladi.
Uning ta’kidlashicha, Find X9 ramka kengligini butunlay yangi darajaga olib chiqadi. Avvalgi Find X8s iPhone 16 Pro Max’dan ham ingichka ramkaga ega bo‘lgan edi. Endi esa Find X9 undan ham nozik ramkasi bilan ajralib turadi.

Oppo ketma-ket uch avlod davomida displey imkoniyatlarini kengaytirib kelmoqda. Buning uchun kompaniya o‘z ishlab chiqarish liniyalariga katta sarmoya kiritgan. Ibao muxlislarga Find X9 ramkasining aniq o‘lchamlarini o‘zlari taxmin qilishni ham taklif qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan OPPO A6 Pro 9-sentabr kuni taqdim etilishi haqida yozgan edi.