
Lola Tillayeva Sherzodxon Qudratxo‘janing ijtimoiy tarmoqda e’lon qilgan xabariga munosabat bildirdi. Bu haqda u o‘z Instagram sahifasida ma’lum qildi.
Tillayeva otasi xotirasini hurmat qilmaganlarga keskin murojaat qilib, «men sizlarga singlingiz emasman» dedi. U siyosiy bahsga kirishni istamasligini aytib o‘tdi.
Sherzodxon Qudratxo‘janing fikricha, o‘sha davrdagi noto‘g‘ri qarorlar jamiyatda radikallashuvga olib kelgan va minglab taqdirlar sinib ketishiga sabab bo‘lgan. Qudratxo‘ja bu jarayonlarni Islom Karimovning boshqaruv uslubi bilan bog‘ladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Gulnora Karimova ordersiz hibsga olingan va oshxonada sud qilingani haqida xabar bergan edi.